Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Bosh prokuror qabulidan keyin qanday choralar koʻrildi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xalq qabulxonasi tomonidan poytaxtimizda tashkil etilgan ommaviy qabul jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodovning shaxsiy qabuli tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

4 sud qaroriga nisbatan protest keltirildi, 2 nafar shaxsga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasi oʻzgartirildi, 1 nafar uy-joyi buzilgan fuqaroga kompensatsiya toʻlab berilishi, shuningdek 5 nafar shaxs ishga joylashtirilishi taʼminlandi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xalq qabulxonasi tomonidan poytaxtimizda tashkil etilgan ommaviy qabul jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodovning shaxsiy qabuli tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

 

Qabul yakuni va tushgan shikoyat va arizalar asosida koʻrilgan choralar haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati batafsil maʼlumot taqdim etdi.

 

Bosh prokuror tomonidan 125 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning murojaati tinglandi.

 

Qabul qilingan murojaatlarning 74 tasi sud, 15 tasi prokuratura, 10 tasi ichki ishlar, 10 tasi majburiy ijro, 3 tasi bank sohasiga oid, 2 tasi ish bilan taʼminlash, 2 ta qurilish va 9 ta boshqa masalalarga oid boʻlgan.

 

Murojaatlar yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan jinoyat ishlari boʻyicha 4 ta sud qaroriga nisbatan protest keltirildi. 2 nafar shaxsga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot choralari oʻzgartirildi, 1 nafar uy-joyi buzilgan fuqaroga kompensatsiya toʻlab berilishi, shuningdek 5 nafar shaxs ishga joylashtirilishi taʼminlandi.

 

Ommaviy qabul jarayonida 21 nafar shaxsning murojaati qanoatlantirilib, qolgan 104 tasi shaxsan Bosh prokuror nazoratiga olindi.

 

Jumladan, fuqaro S.Boboyevaning Toshkent viloyati Toshkent tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi boʻyicha turmush oʻrtogʻi Sh.Davlatovga qoʻllanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini bekor qilib, ozodlikka chiqarishni soʻrab qilgan murojaati qabul jarayonida sud idoralari bilan hamkorlikda koʻrib chiqilib, Sh.Davlatovga nisbatan qoʻllanilgan mazkur ehtiyot chorasi bekor qilinishi taʼminlandi.

 

Fuqaro T.Safarovaning jiyani Sh.Abdullayevni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tizimiga ishga kiritish haqidagi murojaati qanoatlantirildi.

 

Qabul qilingan murojaatlarni oʻz vaqtida va toʻlaqonli hal etilishini taʼminlash maqsadida 42 jinoyat, 20 fuqarolik, 8maʼmuriy ish va 4 iqtisodiy ish Bosh prokuraturaga chaqirtirildi. Ular hozirda murojaatlar asosida oʻrganilmoqda.

 

N.Abduraimova, OʻzA

28.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar