
Viloyatimiz dehqonchilik uchun juda qulay hududda joylashgan. Suvimiz mo‘l, tuprog‘imiz serhosil. Qishloqdagi har bir oilaning o‘rtacha 8-10 sotix tomorqasi bor. Bugun ishning ko‘zini biladigan, mehnatdan qochmagan vohadoshlarimiz har qarich erdan unumli foydalanib, unga ko‘proq foyda keltiradigan, mo‘l va xaridorgir hosil beradigan ekin ekmoqda.
Shu kunlarda viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov hamda sektorlar rahbarlari viloyatimiz shahar va tumanlaridagi aholi xonadonlarida bo‘lib, tomorqalardan samarali foydalanish ahvoli, ularning oilaviy tadbirkorlikka qiziqishini o‘rganmshmoqda. Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
O‘rganishlar jarayonida fuqarolarimizning zamon talabiga yangicha yondashgan holda o‘z ro‘zg‘ori obodligini ta’minlash, oilaviy qo‘shimcha daromad manbaini shakllantirish, iqtisodiy tejamkorlikka erishish yo‘lida olib borayotgan ijobiy harakatlarini ko‘rib quvondik.
Demak, bo‘sh erlardan unumli foydalanish, issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari, mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor o‘z samarasini berayotir. Azaldan rizq undirish, bog‘ yaratishning hadisini olgan bu vohadoshlarimizning o‘z tomorqasidan barakaga erishishiga, oilasini farovon qilish barobarida bozorlarimizni ham arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashga katta hissa qo‘shishiga shubha yo‘q.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |