
Yangi yil bayrami arafasida keksa avlod vakillari – nuroniy mehnat faxriylari holidan xabar olindi.
Mamlakatimizda keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat va e’tibor davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar natijasida yurtimizda istiqomat qilayotgan nuroniylarni ijtimoiy himoya qilish, turmush farovonligini yanada yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Yangi yil bayrami arafasida “Nuroniy” jamg‘armasi Andijon viloyati Marhamat tumani bo‘limi mutasaddilari hamda bir guruh faol faxriylar tumandagi faxrli nuroniylar holidan xabar oldi. Xususan, Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida fidokorona mehnat qilib, yurtimiz tinchligi va ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shgan keksalar, shuningdek, ibratli hayot yo‘li, yarim asrdan ziyod birgalikda umrguzaronlik qilib, oilaviy baxt va sadoqat timsoliga aylangan nuroniy otaxon va onaxonlar, yakka-yolg‘iz yashovchi hamda doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj keksalar xonadonlarida bo‘lishdi.
Uchrashuvlar davomida nuroniylar bilan dildan suhbatlashilib, ularning hol-ahvoli bilan qiziqishdi, ezgu tilaklar bildirildi. Duogo‘y nuroniylar mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdi.
Tashrif buyuruvchilar nuroniylarni bayram bilan muborakbod etib, ularga bayram sovg‘alarini topshirdi.
Otaxon, onaxonlar davlatimiz hamda jamoatchilik tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklardan behad mamnun ekanliklarini izhor etdi.
– Biz keksalarga ko‘rsatilgan e’tibordan boshimiz ko‘kka yetdi, – deydi tumandagi O‘qchi mahallasida yashovchi nuroniy Turg‘unboy Mirzakarimov. – Ishonch bilan ayta olamanki, inson qadri ulug‘lanayotgan, ayniqsa, keksalarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatilayotgan yurtimizdan hech qachon fayzu baraka arimaydi.
F. Ubaydulla
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |