2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
PRЕZIDЕNT TASHRIFIDAN SOʻNG: Namanganda yangi toʻlqin, yangicha shijoat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi bu safar ham oʻziga xos tarixiy ahamiyat kasb etdi. Davlatimiz rahbarining viloyat faollari bilan oʻtkazgan yigʻilishidagi tahliliy maʼruzasi nafaqat viloyat faollarini, balki yoshidan, kasb-koridan qatʼiy nazar, har bir namanganlikni oʻzgacha shijoatkorlikka undamoqda.

Davlat va jamoat tashkilotlari, olimlar, ijodkor-ziyolilar, deputatlar va maʼnaviyat targʻibotchilari ishtirokidagi yigʻilishlarda tashrif tafsilotlari oʻrganilib, Prezidentimiz maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalar belgilanmoqda.

 

Buni quyidagi dil soʻzlaridan ham anglash mumkin.

 

Tursunboy Fayzullayev, Namangan davlat universiteti professori:

 

– Prezidentimiz oʻtgan yilgi tashriflari chogʻida ham gʻoyat hayotiy masalalarni kun tartibiga olib chiqib, viloyat ziyolilariga yangicha qarashlar, yondashuvlardagi amaliy intilishlarga kuch-quvvat va gʻayrat bagʻishlagan edilar.

 

Yurtboshimizning Isʼhoqxon toʻra Ibrat shaxsi va ijodiy merosini chuqur oʻrganish, uni keng targʻib qilish boʻyicha belgilab bergan vazifalari ijrosi boʻyicha Toʻraqoʻrgʻon tumani markazida Ibrat bogʻi majmuasi barpo etildi.

 

Allomaning birgina “Tarixi Fargʻona” asarini ham koʻpchiligimiz bilmas, bilganlar ham toʻliq sharhlashga, tafsir qilishga ojiz edik. Oʻtgan davr mobaynida birgina shu masaladagi vazifa ijrosiga qaratilgan intilishlar shu qadar ommalashdiki, bugun namanganliklar Ibrat bobomizning tilshunos, tarixchi olim, mohir matbaachi, shoir va ilm-fan, madaniyat targʻibotchisi sifatidagi serqirra faoliyatidan toʻliq xabardor.

 

Bu tashabbus viloyat ilmiy jamoatchiligi tomonidan ijodiy rivojlantirildiki, fiqh olami sultonlaridan biri Alouddin Kosoniy va malikul shuaro Axsikatiy kabi allomalarimiz hayoti va ijodiy merosiga doir ilmiy tadqiqot ishlari amaliy tus olmoqda.

 

Men universitet muallimi sifatida Shavkat Miromonovichning Birlashgan Millatlar tashkilotining 72-sessiyasi minbaridan turib tinchlik taqdiri bilan bogʻliq, ayniqsa, dunyo yoshlarini buyuk gʻoyalar yoʻlida birlashtirish boʻyicha aytgan daʼvatkor fikrlarini oʻzimga dasturilamal bilaman.

 

U kishining xalqimizning oʻz hayotidan rozi yashashini bugundan taʼminlashimiz zarurligi yoʻlidagi tashabbuslari va bu ishlarning ijro mexanizmlari aholi keng qatlamlari orasida ham amaliy intilishlar bilan sado berayotganidan nihoyatda baxtiyorman.

 

Alouddin Mansur Kosoniy hazratlari shaxsi va ijodiy merosi boʻyicha toʻplagan ilmiy maʼlumotlarni ikki risolaga jamlaganim qayta yasharayotganim, ong-tafakkurim, qalb-shuurim navqironlashayotganining ifodasidir.

 

Yurtboshimiz belgilab bergan vazifalar shu qadar keng qamrovli, shu qadar hayotiyki, bu Namanganimizda yangi yuksalish bahori, keskin rivojlanish boshlandi, deyishga asosdir.

 

Abdulmuhammad Doʻstmatov, xalq deputatlari Pop tumani Kengashi deputati, OʻzXDP faoli:

 

– Pop – Namanganning eng katta, eng olis tumanlaridan. Xususan, men yashaydigan Chorkesar qishlogʻi viloyat markazidan 100 kilometr uzoqda. Prezidentimiz bilan uchrashuv-muloqot chogʻida men saylovchilarimni koʻp yillardan buyon qiynab kelayotgan ichimlik suvi masalasini hal etish boʻyicha takliflarimni bayon etdim.

 

Qurama togʻ tizmalaridan oqib keladigan suv qish-bahor mavsumida toshqinlanib, selu soy boʻlib oqadi-da, yoz mavsumida – ayni ekinlar sugʻoriladigan pallada 3000 gektardan ziyod sugʻoriladigan ekin yerlari, aholi tomorqalari ham suvsizlikdan qaqrab qoladi.

 

Chorkesar suv omborini barpo etish zarurligi toʻgʻrisidagi taklifim Prezidentimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, amaliy yechimi boʻyicha yuqori tashkilotlar mutasaddilarga tegishli topshiriqlarni berganlaridan minnatdor boʻldim.

 

Chorkesarda suv ombori barpo etilishi tufayli aholining toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoji qondiriladi, sugʻoriladigan yerlarda rivojlanish yuzaga keladi. Tomorqadan foydalanish sharoitining paydo boʻlishi moʻl-koʻlchilikka, intensiv bogʻlar barpo etilishiga asos boʻladi.

 

Bugun Pop tumani aholisi yuz-koʻzida yuksak vatanparvarlikni, kelajakka ishonchni, hayotdan rozilik kayfiyatini, bir soʻz bilan aytganda, shukronalik ifodasini yaqqol koʻrib turibmiz.

 

Nortoji Yusupova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, Namangan sanʼat kolleji direktori:

 

– Prezidentimizning tashabbusi bilan viloyatimiz hududidagi Axsikent tarixiy yodgorligini asrab-avaylash va tadqiq etish, uning haqqoniy tarixini yaratish boʻyicha ulkan ishlar boshlangani nafaqat ziyolilarimizni, balki aholi keng qatlamini birday quvontirmoqda.

 

Bu galgi tashrif jarayonida Yurtboshimiz “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi davlat unitar korxonasi faoliyati bilan ham tanishib, mazkur masala yuzasidan ham aniq topshiriqlar berdilar.

 

Olib borilayotgan ishlar koʻlamiga muvofiq bu yerda kelgusida qilinajak amaliy ishlar boʻyicha tasavvurlarimiz tiniqlashdi. U kishining “Tarixni tarixiy obyektlarda oʻqitish, maktab va universitetdagi amaliy mashgʻulotlar va darslarning ayrimlarini shu yerda oʻtash zarur”ligi haqidagi fikrlari davomida xuddi Samarqand Registonida anʼanaviy tarzdagi “Sharq taronalari”, Qashqadaryoning Shahrisabzidagi “Maqom festivali” kabi Axsikentda ham “Xalqaro etnografik festival“ oʻtkazsak, yodgorlik tepaligida minglab kishilar qatori xorijlik sayyohlar ham ishtirok etishini aytganlarida yoshlar murabbiyi sifatida ich-ichimdan quvondim, faxrlandim.

 

Etnografik festivalga munosib dasturlar tayyorlashga hamkasblarim, isteʼdodli yoshlar bilan hozirdanoq kirishmoqdamiz.

 

Dilorom Abdurahimova, 26-Mehribonlik uyi direktori, viloyat Kengashi deputati:

 

– Prezidentimizning tashabbus va tavsiyalari bilan Namangan shahri markazida barpo etilayotgan “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bogʻi, Chortoq tumanida barpo etilayotgan “Chortoq resorts” sanitariya-sogʻlomlashtirish markazi kabi yirik obyektlardagi oʻzgarishlarning oʻziyoq namanganliklar ruhiyatiga nechogʻli koʻtarinkilik bagʻishlagandi.

 

Bu galgi tashrif davomida ayni obyektlarda boʻlib, yangi-yangi topshiriqlar berilgani quvonchlarga quvonch qoʻshdi. Chortoqni ekologik shaharga aylantirish, Jahon banki bilan hamkorlikda oʻrta shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi doirasida Chortoq shahri markazini qayta qurish, Namangan aeroportini kengaytirish va shaharlararo avtobuslar qatnovini tartibga solish, “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida aholi bandligini taʼminlash kabi loyihalar tashrifning tarixiy ahamiyatini yanada oshirdi.

 

Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi sifatini yuksaltirishga doir topshiriq va tavsiyalar namanganliklar ruhiyatida fidoyilikka safarbarlik uygʻotdi.

 

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, taʼlim sifatini keskin koʻtarishimiz zarur. Boylik oʻtkinchi, mahobatli imoratlar, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar oʻz yoʻliga. Eng muhimi, farzandlarimizni bilimli qilish, sogʻlom voyaga yetkazish!

 

Namanganlik pedagoglar bir yoqadan bosh chiqarib, maktabgacha taʼlimdan oliy taʼlimgacha sifat samaradorligiga erishish uchun amaliyot sari astoydil kirishmoqdalar.

05.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar