Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Afv etilganlarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.

Jizzax viloyatidan 24 nafar fuqaro afv etilganlar ro‘yxatiga kiritildi. Ularning asosiy qismi jazodan to‘liq ozod qilingan, 4 nafarining esa jazo muddati qisqartirildi. 20 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan, 7 nafari probatsiya hisobidan ozod etildi.

– Jizzax viloyatida  afv etilganlar bilan manzilli ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi viloyat IIB JXX Probatsiya bo‘limi boshlig‘i J.Aliqulov. – Afv etilganlarning yashash joylariga borilib, ijtimoiy ahvoli va muammolari o‘rganildi.

Ozodlikka chiqqan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tuman ichki ishlar bo‘limlari rahbarlari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etildi. Aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

– Afv etilganlar hududiy Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik markazlarida ish izlayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olindi, – deydi Jizzax viloyat IIB JXX Probatsiya bo‘limi Axborot texnologiyalari guruhi katta mutaxassisi A.Shermamatov. – Bandligini ta’minlash, jamiyatga moslashuvini yengillashtirish maqsadida ularga mahalla faollari murabbiy sifatida biriktirildi.

Bu borada Zarbdor tumanida ham ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Afv etilgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari o‘rganildi. Shuningdek, mas’ullar fuqarolarning uylarida bo‘lib, yashash sharoiti bilan tanishishdi.

Xususan, Zarbdor va Zomin tumanlarida istiqomat qiluvchi, ozodlikka chiqqan 4 nafar fuqaro bilan tuman hokimlari boshchiligida huquq-tartibot idoralari rahbarlarining uchrashuvlari o‘tkazildi. Yuzma-yuz muloqotlar jarayonida ularni doimiy ish bilan ta’minlash, ijtimoiy hayotga moslashtirish va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

– Muhtaram Prezidentimizning afv to‘g‘risidagi farmoni men uchun hayotimni yangidan boshlash imkoniyatini yaratib berdi, – deydi afv etilgan fuqarolardan biri. — Ilgarigi xatolarimdan chin dildan xulosa chiqardim. Bugun menga ishonch bildirilayotgani, qo‘llab-quvvatlanayotganim mas’uliyatimni yanada oshirmoqda. Endi qonuniy mehnat qilib, farzandlarimga to‘g‘ri tarbiya berish, jamiyatga foydali inson bo‘lishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.

Amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar insonparvarlik siyosatining mazmun-mohiyatini yana bir bor namoyon etmoqda. Afv etilgan fuqarolarning to‘g‘ri yo‘lga qaytishi, jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlar ular uchun yangi hayotni boshlashga mustahkam zamin yaratmoqda.

16.12.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar