2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
219 mingdan ortiq oila oʻrganilib, 69 ming 489 muammo bartaraf etildi

Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy adolat tamoyillarini taʼminlash boʻyicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida Jizzax viloyatida ham oʻzgalar koʻmagiga muhtoj, imkoniyati cheklangan fuqarolarning toʻlaqonli hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda oʻtgan yili viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan sektorlar ishchi guruhlari tomonidan uyma-uy yurilib, 219 mingdan ortiq oila oʻrganildi. Aholi bilan muloqotlar davomida aniqlangan 69 ming 489 muammo bartaraf etildi.

 

Bu borada 2018 yil davomida 310 dan ortiq nogironligi boʻlgan shaxslarga 311 ta protez-ortopediya vositalari, 640 nafariga nogironlik aravachasi, 145 nafar eshitish qobiliyatida nuqsoni boʻlgan fuqarolar eshitish moslamalari va 257 nafar muhtoj fuqaro qoʻltiqtayoq va hassa bilan taʼminlandi. Shuningdek, 38 nafar yolgʻiz qariyaning uyi taʼmirlab berildi. 145 nafar yolgʻiz qariya 11 turdagi oziq-ovqat, 4 turdagi nooziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlandi.

 

– Hududiy boshqaruv organlari koʻmagida 347 nafar yolgʻiz qariya toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, – deydi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining nogironlar, qariyalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy koʻmaklashish sektori boshligʻi Dilbar Pardayeva. – 145 nafar qariya ijtimoiy xizmatga qamrab olingan. Ularga 50 nafar ijtimoiy xizmat xodimi biriktirilgan. Nogiron va nafaqa yoshidagi fuqarolarning davolash-profilaktika muassasalarida bepul davolanishi uchun 1 ming 721 yoʻllanma ajratildi. 

 

Mehnatga layoqati cheklangan 207 nafar ayolga kasanachilik bilan shugʻullanish uchun homiy tashkilotlar tomonidan tikuv mashinasi olib berildi. Natijada ular uchun doimiy daromad manbai yaratildi.

 

Kam taʼminlangan, uy-joyga muhtoj 150 nafar nogiron fuqaroga arzon uy-joy ajratish boʻyicha shartnomalar imzolanib, boshlangʻich toʻlovlar uchun 3 milliard soʻm, 88 nafar yolgʻiz onalar va boquvchisini yoʻqotgan ayollarga boshlangʻich toʻlovlar uchun 4 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.

 

Aholini ijtimoiy himoya qilishni yanada yaxshilash masalasi joriy yilda ham eʼtiborda. Shu maqsadda yashash sharoiti ogʻir, kam taʼminlangan va nogironligi boʻlgan 300 ga yaqin fuqaro, jumladan, 110 nafar ayol uy-joy bilan taʼminlanishi rejalashtirilgan. Tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlarga Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan 6,5 milliard soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻi ajratiladi.

 

Toshqul Beknazarov, OʻzA

01.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar