
Navoiy viloyatida ham murojaatlarni o‘rganish va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishda muhim o‘rin tutyapti.
Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning muammolari va kutilgan yechim mavjud ekan, Majburiy ijro byurosi organlari xodimlari ham bu borada mas’uliyatni yanada oshirib, murojaatlarni chuqur o‘rganish va adolatli hal etishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davri davomida byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan 9 ming 410 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning 8 ming 89 tasi hal etilgan bo‘lib, 5 ming 737 ta murojaat qanoatlantirilgan. Bu ko‘rsatkich umumiy murojaatlarning 66 foizini tashkil etadi. Eng muhimi, murojaatlarni hal etish jarayonida 40 milliard 914 million so‘m miqdoridagi mablag‘ undirilib, 5 ming 412 nafar fuqaroning huquqlari tiklangan.
– Murojaatlarni amalda hal etish bo‘yicha natijalar orasida huquqiy xarakterga ega masalalar muhim o‘rin tutadi, – deydi byuroning Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bahrom Toshtemirov. – Masalan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “N.S.B”dan undiriluvchi K.M. foydasiga 521 million 49 ming 418 so‘m ish haqini undirish yuzasidan byuroning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari buning yaqqol misolidir. Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida qarz to‘liq undirilib, fuqaroning haq-huquqlari tiklandi.
Aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar ham murojaatlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sayyor qabullar davomida 414 nafar fuqaroning muammolari joyida hal etildi.
Byuro organlari tomonidan olib borilayotgan ushbu tizimli faoliyat aholi murojaatlarini izchil o‘rganish, muammoli masalalarni joyida hal etish va adolatni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Inson manfaatlarini e’zozlash, har bir murojaat ortidagi taqdirga befarq bo‘lmaslik esa bu yo‘nalishdagi ishlarning asosiy mezoni bo‘lib qolmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |