
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi “Qumbosdi” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi yillar davomida toza ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar qarshisida yashadi. Mazkur masala ”Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib bo‘ldi.
Bu yerda umumiy qiymati 1,3 milliard so‘mlik loyiha asosida 3 ming metr masofaga toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Shuningdek, tuman hokimligi ko‘magi va homiylik asosida yangi suv qudug‘i qazilib, suv minorasi ham o‘rnatildi. Natijada aholining 1,5 - 2 chaqirimdan suv tashib kelishi bilan bog‘liq muammolari barham topib, 250 ga yaqin xonadonga ilk bor toza ichimlik suvi kirib bordi.
– So‘nggi uch yilda aholi tashabbusi, hamjihatligi bilan 10,5 kilometrdan ziyod ichki yo‘llar asfaltlandi, 1,3 milliard so‘mlik loyiha asosida elektr ta’minotini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi, 60-son umumta’lim maktabi kapital ta’mirlanib, 29-maktab uchun 120 o‘rinli qo‘shimcha yangi o‘quv binosi barpo etildi va zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi, – deydi “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Nozimjon Maxsudov. – Ayni kunda ham Tashabbusli byudjetdan yo‘naltirilgan 1,5 milliard so‘mlik loyiha asosida mahallamizdagi 3500 metr yo‘llar ta’mirlanib, asfalt qoplamasi yotqizish ishlari olib borilyapti. Ko‘chalarimiz ravon, tunlari kunduzdek charog‘on, obod va ko‘rkamlikka yuz burdi.
Farg‘ona viloyatida “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2025 yil 2-mavsumi uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan jami 391,77 milliard so‘m mablag‘lar ajratildi. Loyihalarni shakllantirish uchun taklif berish bosqichida viloyatdagi 1015 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari to‘liq ishtirok etdi va loyiha tashabbuskorlaridan amalga oshirish qiymati 2 milliard 643,3 million so‘m bo‘lgan 1969 ta taklif kelib tushdi. Moderatsiyadan o‘tkazish yakunlariga asosan kelib tushgan jami takliflardan 1 697 tasi qabul qilindi, 272 ta taklif rad etildi. Qabul qilingan takliflarning ovoz berish bosqichida aholining qamrov darajasi umumiy aholi soniga nisbatan 38 foizni tashkil etdi.
– Ovoz berish jarayonlari yakunlariga ko‘ra, viloyatdagi 236 ta mahallada 1428 mingta ovoz bilan 274 ta “eng ko‘p” ovoz to‘plagan umumiy qiymati 381,7 milliard so‘mlik loyihalar g‘olib deb topildi, – deydi viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi bosh mutaxassisi Behzodjon Qodirov.– Asosan binolarni qurish-ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ichki yo‘llar, umumta’lim maktablari, sog‘liqni saqlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’mirlash va jihozlash, ko‘cha chiroqlari o‘rnatish, ichimlik suvi va oqova tizimini yaxshilash, mahalla guzarlarini ta’mirlash va tiklash bilan bog‘liq tadbirlar, qabristonlarni tartibga keltirish va qonun hujjatlari bilan belgilangan mezonlarga muvofiq bo‘lgan loyihalar g‘olib deb topildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
| Суғурта товонини қоплаш | Ишонч телефони | 20 Iyun 2024 | 21 Iyun 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |