
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Nukus shahrining chekka hududlaridan biri bo‘lgan “Bestobe”, Ellikqal’a tumanining “Chuqurqoq” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi bilan uchrashib, ularning murojaat va muammolarini o‘rgandi.
“Bestobe” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan hududda tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, yo‘l infratuzilmasini ta’mirlash, ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish, mahalla aholisini oqar suv bilan ta’minlash kabi muhim masalalar ko‘tarildi.
Bildirilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topish choralari ko‘rilib, masalalarni tez fursatda bajarish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriq berildi. Vaqt talab etiladiganlari Jo‘qorg‘i Kenges raisining shaxsiy nazoratiga olindi va tez orada ijobiy hal qilinishi ta’kidlandi.
“Chuqurqoq” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan uchrashuvda so‘nggi yillarda yurtimizda Prezidentimiz rahbarligida aholining turmush farovonligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ezgu ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng, hudud aholisining muammolari tinglandi. Unda asosan, qishloq aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, kam ta’minlangan oilalar uylarining tom qismini shiferlash, tuman markaziga boruvchi transport qatnovini tiklash, EKOS faoliyatini yaxshilash kabi masalalar ko‘tarildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududdagi umumta’lim maktabi atrofiga yaxshi niyatlar bilan daraxt ko‘chatlari ekildi. Jo‘qorg‘i Kenges raisi qishloq vrachlik punkti, shuningdek, bolalar bog‘chasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Qishloq aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati ham ko‘zdan kechirilib, yuzaga kelgan muammoni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berildi.
Vaqt talab etiladigan murojaatlar Jo‘qorg‘i Kenges raisining shaxsiy nazoratiga olindi va ijobiy hal qilinishi ta’kidlandi.
Inson qadri ulug‘ bo‘lgan mamlakatimizda har bir muammo bartaraf etilishi va fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar o‘z yechimini topishi kerak. Shu maqsadda amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslar va amaliy ishlar chekka hududlarda ham davom etmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |