Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ishsiz yoshlarga ish taklif qilindi

Davlatimiz rahbarining yaqinda Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Samarqand tumanidagi “Build Your World” korxonasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Samarqand tuman hokimligi, yoshlar ishlari hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tumandagi korxonalarda mavjud 2000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi.

—Prezidentimiz topshiriqlari asosida tumanimizda o‘tkazilgan ishsiz yoshlarning xatlovi davomida bugungi kungacha 474 nafar yigit-qizning manzilli ro‘yxati shakllantirildi, —deydi Samarqand tumani hokimi o‘rinbosari G‘ayrat Boboxolov. —Ularning 259 nafari doimiy ishga joylashish, 64 nafari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, yana 64 nafari yer olib, dehqonchilik qilish, 43 nafari xorijga ishga borish istagini bildirgan. 44 nafar yosh kredit va subsidiya so‘ragan. Yarmarkaga avvalo ana shu yigit-qizlarni taklif etdik.

Yarmarka davomida korxona va tashkilotlar talablariga javob beradigan ishsiz fuqarolarni shu joyning o‘zida ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishdi. Migratsiya agentligi viloyat boshqarmasi, xususiy bandlik agentliklari xorijda mavjud ish joylari haqida ma’lumot berdi. Tijorat banklari o‘zlari moliyalashtiradigan loyiha paketlari, imtiyozli kreditlar, biznesni moliyalashtirish bo‘yicha kredit liniyalari haqida taqdimotlar qildi.

Yarmarkada ishsiz fuqorolardan 68 nafari ishga joylashtirildi, 24 nafariga kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanma berildi, 9 nafariga tadbirkorligini boshlash uchun kredit hamda ssudalar rasmiylashtirildi.

Migratsiya agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi mas’ullari migratsiyaga chiqish istagini bildirgan  

40 nafar yoshni ro‘yxatga oldi, yana 42 nafarini xorijiy tillarni o‘rgatish kurslariga jalb qildi.

06.12.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Суғурта товонини қоплашИшонч телефони20 Iyun 202421 Iyun 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar