Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ehtiyojmand oilalar isitish mavsumi uchun 1 million so‘mdan moddiy yordam olmoqda

Isitish mavsumida yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari yuzasidan o‘tkazilgan brifingda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Dilfuzabegim Ro‘zmetova amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir martalik moddiy yordam ajratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentning 2025 yil 2 apreldagi 134-son qaroriga muvofiq, 2025/2026 yilgi isitish mavsumida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berilishi belgilab qo‘yilgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 1 million 162 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalar ro‘yxati shakllantirildi. Unda quyidagi toifadagi oilalar qamrab olingan. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va “Kambag‘al oilalar reyestri”dagi 822 ming oila, reyestrlarda bo‘lmagan, ammo “mahalla yettiligi” tomonidan ehtiyojmand deb topilgan qo‘shimcha 290 ming oila ro‘yxatga kiritilgan.

Qo‘shimcha ro‘yxatni tuzishda ustuvorlik quyidagi oila toifalariga berildi:
boquvchisini yo‘qotgan 34 ming oila, nogironligi bo‘lgan 76 ming oila, og‘ir kasal a’zosi bor 24 ming oila, gaz ta’minoti yo‘q ko‘p qavatli uylarda yashaydigan 2 ming oila hamda 26 ming ko‘p a’zoli oila. 

Shuningdek, faqat pensiyaga yashovchi 69,7 ming oila, migratsiyada bo‘lgan boquvchisi bor 35 ming oila, vaqtincha ishsiz a’zosi mavjud 15,2 ming oila va 2,3 ming yakka yolg‘iz shaxs ham moddiy yordamga kiritildi.

Bundan tashqari, kambag‘allikdan chiqqan, ammo qayta ehtiyojmand bo‘lib qolish xavfi yuqori bo‘lgan 53 ming oila, shuningdek, oilaviy bolalar uyi ochgan yoki bolalarni patronatga olgan 360 ta oila ham yordam bilan ta’minlandi.

Moddiy yordamning asosiy maqsadi isitish xarajatlarini qoplash. Masalan, o‘tgan mavsumda kam ta’minlangan oila o‘rtacha 254 kVt elektr va 514 kub metr gaz iste’mol qilib, 4 oy davomida 815 ming so‘mgacha xarajat qilgan. Shu bois, 1 million so‘mlik yordam miqdori belgilandi.

Ro‘yxatni shakllantirishda oilalarning mol-mulki va iqtisodiy imkoniyatlari axborot tizimlari orqali avtomatik tarzda baholandi. Natijada, 99,3 ming iqtisodiy jihatdan ta’minlangan oilaning asossiz ravishda ro‘yxatga kirishi oldi olindi.

Bir martalik yordam uchun ajratilgan 1,2 trillion so‘m tijorat banklariga to‘liq yo‘naltirildi. 30 oktyabr kuni bank kartasiga ega bo‘lgan fuqarolar mablag‘ini to‘liq qabul qildi. Plastik kartasi yo‘q oilalarga esa “sayyor kassalar” orqali naqd pul to‘lab berilmoqda.

Shu bilan birga, ehtiyojmand oilalar uchun elektr va tabiiy gazni bazaviy me’yordan ortiq iste’moli bo‘yicha kompensatsiya to‘lash tizimi yil davomida amal qilmoqda.

Murojaatlarni tezkor hal etish maqsadida Agentlik huzurida 11-40 qisqa raqamli call-markaz ishlab turibdi.

29.11.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Суғурта товонини қоплашИшонч телефони20 Iyun 202421 Iyun 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar