2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar qolmaydi

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish tartibi takomillashtirildi.

2020 yil 1 yanvarga qadar...

 

2019 yil 26 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berishni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Qaror asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvarga qadar davlat uy-joy fondidagi turar joylarni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olish yoʻlga qoʻyiladi. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirib, ularni oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borishadi.

 

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlarni hisobga olish, navbatni belgilash hokimliklar va tasarrufida idoraviy uy-joy fondi boʻlgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turar joylar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylardan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan, davlat mulki boʻlgan yotoqxonalardagi hamda koʻp kvartirali uylardagi boʻsh turgan kvartiralardan beriladi. Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi bir kishiga 16 kvadrat metrdan, nogironlar uchun esa 23 kvadrat metrdan kam boʻlmasligi lozim.

 

Kimlar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj?

 

Turar joyi boʻlmagan yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylarda yashovchilar, har bir oila aʼzosi uchun uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam maydon toʻgʻri keladiganlar, yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va xizmat xonalarida yashovchilar, qarindoshlik aloqalari boʻlmagan ikki va undan ortiq oila bir boʻlib kvartirada yashovchilar uy-joyga muhtoj deb topildi. Bu roʻyxatga ayrim surunkali kasalliklarga chalinganlar, uy-joy ajratilayotgan aholi punktida kamida 3 yil yashayotgan fuqarolar ham kiritilgan.

 

Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladi

 

1941-1945 yillardagi urush faxriylari va baynalmilal jangchilar, shartnoma boʻyicha harbiy xizmatdan zaxiraga boʻshatilgan yoki istyefoga chiqqan harbiy xizmatchilarga aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladi. Bundan tashqari, quyidagi ogʻir turdagi surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolar ham eʼtibordan chetda qolmagan. Disforiya, shaxsiyatining oʻzgarishi va aqli zaiflik bilan kechadigan epilepsiya, tez-tez takrorlanishi oqibatida muvozanatdan chiqaruvchi affektiv va vasvasa sindromi bilan kechadigan surunkali psixozlar, surunkali shizofreniya, aqliy nuqson (demensiya) bilan kechadigan bosh miyaning organik kasalliklari, ruhiy oʻzgarishlar bilan kechadigan bosh miya qon-tomir kasalliklari, ruhiyatining oʻzgarishi oqibatida I-II guruh nogironligiga chalingan shaxslar, koʻp miqdorida suyuqlik ajratuvchi xavfli oʻsmalar, oʻpka va boshqa aʼzolar silining sil mikrobakteriyalarini ajratayotganligi takroriy laborator tekshiruv natijasida tasdiqlangan faol (yuqumli) turlari bilan ogʻriganlarga ham aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladi. Bu roʻyxatda yana 16 yoshgacha yetti nafar va undan ziyod bolalari boʻlgan koʻp bolali oila va chin yetim bolalarni vasiylikka olgan oilalar, uch nafar va undan ziyod mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, ishlamaydigan I va II guruh nogironlari, keksayib qolgan yolgʻiz pensionerlar, bolalikdan nogiron boʻlib qolgan 16 yoshgacha yoki bolalikdan I va II guruh nogironi boʻlib qolgan bolalari boʻlgan oilalar ham aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladi.

 

Turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar hokimliklarning hisobga olish va turar joylarni taqsimlash boʻlimlari tomonidan hisobga olinadi.

 

Turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar tomonidan berilgan ariza 15 kunda komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi va fuqaroga ikki kunda bu toʻgʻrisida xabar berilishi kerak. Uy-joyni berish roʻyxatdagi navbat asosida amalga oshiriladi.

 

Kimlar navbatsiz olish huquqiga ega?

 

Uy-joyi tabiiy ofat oqibatida yaroqsiz holga kelgan fuqarolar, davlat bolalar muassasalaridan, qarindoshlaridan, vasiylardan qaytganlar, noqonuniy javobgarlikka tortilgan va keyinchalik reabilitatsiya etilganlar, boshqa aholi punktlaridan oʻtkazilgan yoki taklif qilingan rahbarlar va mutaxassislar turar joyni navbatsiz olish huquqiga ega.

 

Fuqarolarga berilgan uy-joylar sanitariya, yongʻinga qarshi va texnik talablarga javob berishi shart. Bir xonaga turli jinsdagi shaxslarni joylashtirish taqiqlanadi (er-xotindan tashqari).

 

Davlat uy-joy fondidagi turar joyni berish toʻgʻrisidagi qarorga asosan 3 ish kunida fuqaroga order beriladi.

 

Xizmat turar joylari qaytarib olinadi

 

Xizmat turar joyiga berilgan orderga “xizmat turar joyi”, aniq maqsadli kommunal turar joylariga berilgan orderga “aniq maqsadli kommunal turar joyi” deb qayd kiritiladi.

 

Xizmat turar joylari oʻz mehnat majburiyatlariga koʻra ish joyida yoki xizmat binosida yashash zarurat boʻlgan fuqarolarga beriladi. Mehnat shartnomasi bekor qilinishi bilan turar joydan foydalanish huquqi ham bekor boʻladi. Shunga asosan xodim bir oy ichida uyni boʻshatib berish majburiyatini oladi.

 

Xizmat turar joylaridan boshqa turar joy berilib koʻchiriladiganlar ham bor

 

I va II guruh nogironlari, 1941-1945 yillardagi urush faxriylari va baynalmilal jangchilar, harbiy xizmatni oʻtayotganda halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan harbiy xizmatchilarning oilalari, nogiron farzandlari boʻlgan oilalar, tarbiyachi ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda va tashkilotda kamida 10 yil ishlagan xodimlar boshqa turar joyga koʻchiriladi. Bundan tashqari, xodimlar soni yoki ish xususiyatining oʻzgarishi yoxud korxona tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar, oʻzi ishlagan korxonadan pensiyaga chiqqan xodimlar, xodim vafot etganida uning oila aʼzolari va voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolgʻiz fuqarolar ham boshqa turar toyga koʻchiriladi.

 

Iroda Qahhorova, OʻzA

03.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar