Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ichki ishlar vaziri talabalar bilan uchrashdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar To‘rebekovning talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda fakultet dekanlarining o‘rinbosarlari, tyutorlar, professor-o‘qituvchilar, faol talabalar, shuningdek, ichki ishlar organlari mas’ul xodimlari, profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi

Uchrashuvda vazir mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, kelajak egalari bo‘lgan yoshlarimiz o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va boshqa qonunbuzarlik holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi.

Mamlakatimizda ko‘p sonli yoshlarni o‘z ichiga olgan oliy ta’lim tizimining o‘zida ham yoshlar masalasi kunning bosh mavzusiga ko‘tarildi. Ularga o‘qish, bilim olish, kasb-hunar o‘rganib, o‘z ustida ishlashi uchun munosib sharoitlar yaratish, muammolarini o‘rganish va birgalikda yechim topish, yoshlarning ruhiy-psixologik, ijtimoiy holatlarini kuzatib borish maqsadida barcha oliy ta’lim muassasalarida tyutor, psixolog, profilaktika inspektori shtatlari joriy etildi. Ularning faoliyati bevosita talaba-yoshlar bilan ishlashdan iborat bo‘lib, bunday institutlarning amaliyotga tatbiq etilishi bugungi kunda sohada yaxshi samara bermoqda.

Ammo, bugungidek globallashuv va internet zamonida mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni o‘zlarining g‘arazli niyatlari orqali noto‘g‘ri yo‘llarga boshlash, yoshlar ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni ko‘paytirish orqali o‘z maqsadlariga erishmoqchi bo‘layotgan kuchlar ham yo‘q emas. Ayniqsa, yoshlarni o‘z ortidan ergashtirib, kiberjinoyat, o‘g‘rilik, firibgarlik, talonchilik, giyohvandlik, turli psixotrop dorilar muomalasi kabi qonunga xilof harakatlarni sodir etishga undayotganlar ham uchrab turibdi.

Yoshlar davlati sifatida yurtimizda ularni bunday yot illatlar va noqonuniy  asrash nafaqat ichki ishlar yoki shu kabi xavfsizlik idoralarining, balki yorug‘ kelajakni maqsad qilgan har bir soha vakilining muqaddas burchidir. Ichki ishlar vaziri yoshlarni profilaktik tadbirlarda faol ishtirok etib, atrofda ro‘y berayotgan turli salbiy va ko‘ngilsiz hodisalarga befarq bo‘lmasdan, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga chaqirdi.

Tadbirda yoshlar ishtirokida sodir etilgan turli jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oqibatlari aks ettirilgan taqdimot yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi va taklif-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuvda Kiberxavfsizlik boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.

17.11.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Суғурта товонини қоплашИшонч телефони20 Iyun 202421 Iyun 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar