
Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev rahbarligida hududidagi fuqarolar murojaatlari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.
Mazkur qabulda 263 nafar fuqaroning turli muammolari o‘rganildi. Murojaatlar asosan ish bilan ta’minlash, pensiya tayinlash, uy-joy, kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash va boshqa dolzarb masalalarni qamrab oldi.
– Uch yoshli o‘g‘lim doim shifokorlar nazoratida bo‘lishi lozim, – deydi Qibray tumanida yashovchi Gulmira O‘rinboyeva. – Viloyat hokimi murojaatimni tinglab, mas’ullarga topshiriq berdi. Endi o‘g‘lim dorilar ajratiladi, nogironlik nafaqasi tayinlanadigan bo‘ldi. Yolg‘iz onaligim tufayli ro‘zg‘ordan ortib farzandim salomatligiga qarashga qiynalar edim. Sayyor qabulda bu murojaatim hal bo‘ldi.
Mas’ullar ishtirokidagi muloqotlar davomida 50 nafarga yaqin fuqaroning muammolari joyida hal etildi. Shuningdek, huquqiy tushuntirish va maslahat talab etilgan masalalar bo‘yicha aniq va qonuniy izohlar berildi. Muayyan muddat va batafsil o‘rganishni talab etuvchi murojaatlar yuzasidan esa mutasaddi tashkilot rahbarlariga vazifalar yuklatildi.
– Bugungi sayyor qabulda ijtimoiy himoya sohasiga oid murojaatlar ham atroflicha ko‘rib chiqildi va har bir masalaning yechimi nazoratga olinmoqda. Bu kabi sayyor qabullarda nogironligi bor va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning murojaatlari kamaygani kuzatilmoqda. Chunki, ularning ko‘plab muammolari mahallaning o‘zida hal etilmoqda. Natijada odamlar yuqori tashkilotlarga murojaat qilishga ehtiyoj sezmayapti, – deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |