
Uchquduq tumanidagi “Kelajak” yoshlar markazida tuman hokimi Uchqun Yelmuratov hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, yoshlarning muammolari va takliflari tinglandi va ularni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Tahlillarga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yilida tumanda jami 156 nafar yosh turli oliy ta’lim muassasalarini tugatgan. Ularning 58 nafari ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, 98 nafari esa ish izlayotgan yoshlarni tashkil etadi.
Sayyor qabulda yoshlarga ARGOS tizimi haqida batafsil ma’lumotlar berilib, tizimining shaffofligi, natijalarning ochiq ko‘rinishda e’lon qilinishi va bu jarayon fuqarolarga teng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi. Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tganlarning ballari 3 oy davomida amal qilishi haqida tushuntirib o‘tildi.
52 nafar bitiruvchi ishtirok etgan tadbirda ularning aksariyati egallagan mutaxassisligi bo‘yicha ishlash niyati borligini bildirdi. Jumladan, pedagogika yo‘nalishini tugallagan 19 nafar yoshning 15 nafari maktabgacha va maktab ta’limi muassasalariga ishga joylashtiriladigan bo‘ldi. 4 nafari esa maktablarning tajribali o‘qituvchilariga “Ustoz-shogird” tizimi asosida biriktirilib, malaka va tajriba oshirish jarayonidan so‘ng ishga qabul qilinishi belgilandi.
Shuningdek, sayyor qabulda bir guruh yoshlarga turli ish o‘rinlari taklif qilindi.
– Joriy yilda Buxoro davlat texnika universitetining iqtisod fakultetini tamomladim, – deydi Farruxjon Mirzayev. – Bugungi uchrashuvda ishlash niyatim borligini bildirgandim. Menga tuman hokimligidagi bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Albatta, men 4 yil davomida olgan bilimim bilan bu ish o‘rniga loyiqligimni isbotlayman va menga bildirilgan ishonchni oqlayman.
Sayyor qabulda qatnashgan barcha bitiruvchi yoshlarning murojaatlari asosan ijobiy hal etildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |