Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Islohotlar natijadorligi o‘rganildi

Ma’lumki, g‘o‘za parvarishi bo‘yicha 1 iyuldan 31 avgustgacha “G‘o‘zada kafolatli hosil yaratish zarbdor 60 kunlik” e’lon qilingan. Bu borada Namangan viloyatining Uychi tumanidagi “Mashad sohibkori” fermer xo‘jaligida namunali ish tashkil etilmoqda.

Xo‘jalikning 35 gektar maydonida paxtaning xorijiy navi yetishtirilayotir. Hozirga qadar 9 marta kultivatsiya, 6 marta sajan preparati bilan bargidan oziqlantirish, 2 marta chizellash, 3 marta o‘g‘itlash ishlari olib borildi. Gektariga 1400 kilogrammdan fosforli, kaliyli, azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirildi, yaxob bilan birga 3 marta sug‘orildi.

Tumandagi  “Qumtepa niholi”, “Sohibi ziyo nur saxovati”, “Barnogul ziyo fayz”, “Ergashboy ota” fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za parvarishi avjida.

Tumanda shuningdek, aholining chorvachilik, parrandachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mashadlik tadbirkor Sobitxon Turg‘unov chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Hozirda oilaning chorvachilik fermasida 80 bosh qoramol bo‘rdoqiga boqilib, xalqimizning go‘sht mahsulotiga bo‘lgan talabi qondirib kelinmoqda.

O‘nhayatlik tadbirkor Shavkat Bobomirzayev esa uy sharoitida parrandachilikni yo‘lga qo‘yib, hozirda 20 ming bosh broylerni parvarishlamoqda. U yil davomida aholi dasturxoni uchun jami 100 tonnagacha go‘sht yetishtirmoqda.  

Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov oziq-ovqat xavfsizligi, narx-navo barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘lib, ularning istiqboldagi rejalari bilan tanishdi, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Viloyat rahbari boshchiligidagi ishchi guruh tumanining Gulbog‘ MFY hududida joylashgan 46-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham o‘rganish olib borib, 3 milliard 600 million so‘m mablag‘ evaziga 120 o‘rinli yangi bino qurilishi bilan tanishdi.  

Viloyati hokimi shuningdek, Uychi tumanidagi Xizirobod mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.  

Qabulda fuqarolarning kadastr, salomatlikni tiklash, uy-joy, yo‘l ajratish, moddiy yordam olish, nogironlikni belgilash kabi mavzulardagi murojaatlari o‘rganilib, yechimi bo‘yicha mutasaddi idoralar rahbarlariga topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi, ijrosi nazoratga olindi.

19.07.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar