2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Fuqarolar murojaatini kim tinglaydi?

Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish maqsadida so‘nggi yillarda bir qator davlat dasturlari amalga oshirildi. Elektron tizimlar joriy etildi, xonadonbay patronaj xizmatlari tashkil qilindi.

Biroq bu islohotlar aholi hayotida qanday aks etmoqda? Ular haqiqatan ham manzilga yetib boryaptimi?

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi “Do‘stlik” qo‘rg‘onida istiqomat qiluvchi 82 yoshli, 2-guruh nogironi Turdigul Murodova bundan 35 kun muqaddam shunday savol bilan murojaat qilgan edi. U nafaqat o‘zining, balki 52 yoshli nogiron farzandining ham yagona qarovchisi. Uning ta’kidicha, oxirgi olti oy davomida mahalliy tibbiyot muassasalariga bir necha marta murojaat qilganiga qaramay, faqat 2025 yil 19 aprel kuni reimbursatsiya dasturi doirasida saqlash muddati yaqinlashgan dori vositalari — aspirin, trombass va bisoprolol olish imkoniga ega bo‘lgan.

— Patronaj hamshirasi ham, oila shifokori ham biror marta holimni so‘ramadi. Bizning yoshda kishilarga eng birinchi galda e’tibor, so‘ng sog‘liq uchun muhim bo‘lgan dori-darmon kerak, — deydi Turdigul ona.

Murojaat mazkur mahalladagi boshqa fuqarolarning ham muammolarini ochib berdi. Shu hududda istiqomat qiluvchi mehnat faxriylari — Nasiba O‘skanova va Maqsuda Mirzayeva ham tibbiy xizmatdan norozilik bildirdi. Ular mutaxassis ko‘rigidan o‘tish va yo‘llanma olish uchun bir necha marta murojaat qilganlarini, ammo hech kim kelmaganini aytishdi.

– Bir yildan buyon chap ko‘zim umuman ko‘rmaydi. Ikki dona tabletka bilan qanday forig‘ bo‘lish mumkin? — deydi Maqsuda Mirzayeva.

Murojaat yuzasidan 26-son oilaviy poliklinikada bo‘lib, mavjud holatni o‘rgandik. Poliklinika mudiri Turdiali Qosimov magistraturada tahsil olayotgani sababli, uning ish jadvali cheklangani bois, ikki marotaba mazkur poliklinikaga borgan bo‘lsak-da, topolmadik. O‘zini umumiy amaliyot shifokori deb tanishtirgan Ismoil Zulfiqorov esa murojaatchilarni tanimasligini, ularga boshqa shifokor xizmat ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.

Elektron D-MED tizimi orqali Turdigul Murodovaga ko‘rsatilgan xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganganimizda joriy yil 19 aprel kuni uch turdagi dori vositasi berilgani qayd etilgan, xolos. Undan avval va keyin tibbiy xizmat ko‘rsatilmagani aniqlandi. Shuningdek, o‘zini hamshira deb tanishtirgan Sanobar ismli tibbiyot xodimasi tomonidan fuqarolarning holidan har hafta xabar olinishi aytib o‘tildi. Biroq bu ma’lumot murojaatchilar tomonidan tasdiqlanmadi.

Masala yuzasidan Sardoba tumani tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan uchrashuvda tuman prokurori o‘rinbosari ham ishtirok etdi. Uchrashuvda Turdigul Murodovaning videomurojaati namoyish qilindi. Tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Faxriddin Xolmatov muammo tez fursatda hal etilishini, tor mutaxassislar yuborilishini, zarur hollarda esa viloyat yoki respublika shifoxonalariga yo‘llanma taqdim etilishini ma’lum qildi.

Mazkur holat haqida Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga ham axborot berildi. Shunga qaramay, fuqarolarning ta’kidicha, amalda yordam hali yetib bormagan. Xususan, Nasiba momo mutaxassislar 15-20 kun avval yo‘lga chiqqanini, biroq 15 chaqirimlik masofada to‘xtab qolganini ma’lum qildi.

Endilikda savol tug‘iladi: yoshi ulug‘, ko‘makka muhtoj fuqarolarning so‘ziga ishonaylikmi yoki hisobotlarda “doru berildi”, “holidan xabar olindi” deb ko‘rsatilgan, amalda esa xizmat ko‘rsatmayotgan ma’lumotlargami?

Masala yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga bir necha bor murojaat qilingan bo‘lsa-da, hozirgacha aniq javob berilmadi. Ehtimol, endilikda Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirar.

Mohiyatga nazar tashlasak, raqamlashtirilgan tizim mavjud, patronaj xizmati yo‘lga qo‘yilgan, dori vositalari uchun davlat tomonidan mablag‘ ajratilmoqda. Ammo eng muhim jihat — inson so‘zi, ehtiyoji, holidan xabardorlik ko‘p hollarda e’tibordan chetda qolmoqda.

Xullas, qadr qadrlanadigan jamiyatda, avvalo inson so‘zi eshitilishi kerak. Unda savol tug‘iladi: Turdigul onaga kim dori beradi? Maqsuda onaga kim ko‘z shifokori yuborishini ta’minlaydi? Eng muhimi, fuqaro so‘zi eshitilmaydigan tizimga qanday ishonish mumkin? Bu savollar javobsiz qolmasligi kerak.

20.07.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar