2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bo‘zatov: islohotlar inson manfaati uchun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Bo‘zatov tumanida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va muammolarga yechim topish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

“Erkindaryo” ovul fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan kollektor bo‘yida o‘rdak boqish loyihasini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, ushbu ovul fuqarolar yig‘inidagi Axmed Uteniyazovning asalarichilikni rivojlantirish loyihasi, “Qushxonatov” ovul fuqarolar yig‘inidagi G‘aybulla Aljanov va Jamaladdin To‘remuratovlarning tomorqalarida tashkil etilgan ishlarni borib ko‘rdi. Tomorqa daromad manbai bo‘lsa, bunday ishlar har bir xonadonda tashkil etilishi, shu bilan birga, fuqarolar bandligini ta’minlash, qo‘shimcha daromad olishiga ko‘maklashish borasida yangi loyihalarni ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, “Erkindaryo” ovul fuqarolar yig‘inidagi gaz tarmog‘i liniyasining 2 km qismida Bo‘zatov tajribasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Unda ortiqcha gaz sarfining oldini olish va tejamkor foydalanish bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqildi.

Jo‘qorg‘i Kenges raisi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 123 milliard so‘m miqdorida moliyalashtirilib, qurilish ishlari olib borilayotgan sanatoriyada ham bo‘ldi. Umumiy 200 kishiga mo‘ljallangan bu maskan aholi salomatligini tiklashga barcha imkoniyatlar yaratiladigan noyob davolash muassasalaridan biriga aylanishi ta’kidlandi.

"Zarbdor" tajribasi asosida tashkil etilgan hunarmandlar xiyoboni, Yoshlar markazida tashkil etilgan til o‘rganish kurslari ishlari bilan tanishdi. Aholi farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan har qanday tashabbus qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan yaqinda foydalanishga topshirilgan Bo‘zatov tumani va shimoliy tumanlarni bevosita Qo‘ng‘irot tumani bilan bog‘lovchi ponton ko‘prikni ham borib ko‘rdi. Hudud aholisining uzoq yillik muammosi yechim topgani, bundan fuqarolarning ham cheksiz minnatdorligi alohida mamnuniyat bilan tilga olindi.

Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi arafasida amalga oshirilayotgan islohotlar aholi farovonligiga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

21.07.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar