2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mavjud muammolar nazoratga olindi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashining majlislar zalida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputatlari, “Sirdaryo suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari, mahalliy kengashlar vakillari, faol fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gavhar Olimova qatnashdi.

Eshituvda aholini barqaror ichimlik suvi va oqova tizimi bilan ta’minlash, mavjud infratuzilmani yangilash, shuningdek, istiqboldagi loyihalarni samarali amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi, joylardagi mavjud vaziyat, muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

“Sirdaryo suv ta’minoti” AJ mas’ul xodimining ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda jamiyat tomonidan 39 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, 9 ta suv inshooti va 75,8 km ichimlik hamda oqova suv tarmoqlari qurilgan. Natijada 8 ming nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan, 19 ming nafar aholining suv ta’minoti yaxshilangan.  

Shuningdek, Islom taraqqiyot bankining 58 million dollarlik kredit mablag‘lari hisobidan Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarida oqova infratuzilmasini tubdan yangilash bo‘yicha yirik ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi. 2025 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 42,9 milliard so‘mlik loyihalarni amalga oshirish belgilangan.  Ayni paytda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

– Ichimlik suvi — inson hayoti uchun eng asosiy ehtiyojlardan biri, – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gavhar Olimova. – Shu bois Prezidentimiz rahnamoligida suv ta’minoti va oqova tizimlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Sirdaryo viloyatidagi ishlar ham ana shu davlat siyosati ijrosining bir qismi. Biroq hali yetarlicha muammolar mavjud, ayniqsa, chekka hududlarda. Bunday eshituvlar orqali joylardagi kamchiliklarni o‘rganish, fuqarolar fikrini eshitish va hal etilishi zarur bo‘lgan masalalarni belgilab olish juda muhim.

Deputatning ta’kidlashicha, aholini suv bilan ta’minlashda hududlar o‘rtasidagi tengsizlikni bartaraf etish, mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish, shuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Eshituv yakunida deputatlar va jamoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan fikr va takliflar asosida aniq vazifalar belgilab olindi. Ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

02.07.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar