2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yo‘qdek yashagan insonga maqom berildi

Guliston shahridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ko‘magi bilan uzoq yillar hech qanday shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz yashab kelgan 70 yoshli Zulfat Muhammediyanovga fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomi rasmiylashtirildi. Endi u davlat xizmatlari, ijtimoiy yordam hamda tibbiy xizmatlardan to‘laqonli foydalanish imkoniyatiga ega.

2024 yil 19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro Sevara Qurbonova o‘zining og‘ir hayotiy ahvolda qolgan tog‘asi — Zulfat Muhammediyanovga amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat asosida “Inson” markazining huquqiy masalalar bo‘yicha eksperti tomonidan Zulfat Muhammediyanovning tug‘ilganlik guvohnomasini tiklash uchun Boshqirdiston Respublikasiga so‘rovnoma yuborildi. Shu bilan birga, u Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasiga olib borilib, konsul qabuli uchun elektron navbatga qo‘yildi. O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olish jarayonida adliya va ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda tegishli huquqiy asoslar shakllantirildi.

– U kishi faqat shaxsiy emas, balki ijtimoiy va iqtisodiy huquqlardan ham mahrum bo‘lgan edi, – deydi “Inson” markazi huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert-maslahatchisi O‘lmas Jo‘raboyev. – Biz uning shaxsiy ma’lumotlarini tiklab, Rossiyadagi tug‘ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish va O‘zbekistonda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs sifatida yashash guvohnomasini olish ishlarini amalga oshirdik.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomi berilgach, Zulfat Muhammediyanov nafaqa, tibbiy yordam va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi.

– Menga hayotimni qaytarishdi. Bir paytlar ismimni hech qayerda yozolmasdim. Endi esa o‘z nomim, o‘z huquqlarim bor, – deydi u samimiy minnatdorlik bilan.

26.06.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar