Qoraqalpog‘istonda mahalliy kengash deputatlari ayni kunlarda hududlarda bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashish barobarida tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.
Xususan, O‘zLiDeP dan xalq deputatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani Kengashiga saylangan deputatlar Sharaf Saparov, Munira Matmuratova, O‘zLiDeP Qo‘ng‘irot tumani apparat rahbari Guljan Iembergenova hamda tibbiyot xodimlari faollari ishtirokida tuzilgan ishchi guruh tumandagi xususiy tibbiyot muassasasi bo‘lgan ”Kardio-kungrat" klinikasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ta’kidlash joizki, mazkur tibbiyot muassasasi ko‘plab tibbiy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Ayni paytda klinikada 4 nafar oliy ma’lumotli shifokor, 5 nafar o‘rta tibbiyot hamshirasi hamda 1 nafar sanitar ish yuritadi.
Markaz kapital ta’mirlanganligi, zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlanganligi, mutaxassislar malakasini oshirish, tibbiy xizmat sifatini yuksaltirish borasida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilganligi natijasida tuman aholisiga samarali xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Deputatlar boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari o‘rganish jarayonida markazdagi ish jarayonlari, kasalliklarga chalingan bemorlar bilan ishlash, tibbiyot xodimlarining o‘z ishiga munosabati, mas’uliyati bilan yaqindan tanishdi. Bemorlar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazildi. Ular kasalliklarni erta aniqlash, samarali davolash va profilaktikasi bo‘yicha markazda amalga oshirilayotgan ishlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
– Klinika binosining zamonaviy va ilg‘or tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganligi, eng muhimi, bemorlar uchun zarur qulaylik, shart-sharoitlar yaratilganligi e’tiborga molik, – deydi xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tuman Kengashi deputati, Qo‘ng‘irot temir yo‘l shifoxonasi bosh shifokori Sharaf Saparov.– Yaqinda xorijdan zamonaviy exokardiografiya va Xolter EKG apparatlari olib kelinib, ishga tushirilgani markaz imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Chunki avval bunday apparatga tushish uchun qo‘ng‘irotlik bemorlar poytaxtga borishga majbur bo‘lardi. Endilikda bunga hojat qolmadi, bemorlar yurak-qon tomir kasalligi muolajasini shu yerning o‘zidan olishlari mumkin. Bundan albatta tuman aholisi, bemorlar, shifokorlar behad xursand.
Klinikada yutuqlar bilan bir vaqtda ayrim muammolar ham yo‘q emas. Xususiy klinika rahbari Guliston Yuldashovaning aytishicha, zamonaviy apparatlar yuqori quvvatdagi elektr ta’minotini talab qiladi. Shu sabab klinikaga transformator o‘rnatish zarurligi aytib o‘tildi. Shuningdek, tadbirkor tomonidan qo‘shimcha jihozlar sotib olish hamda faoliyat turlarini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha imtiyozli kredit olish istagi bildirildi.
Deputatlar ushbu masalani ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga murojaat qiladigan bo‘ldi.
Kasallikni davolashdan ko‘ra oldini olgan maqsadga muvofiq. Shu sababli deputatlar shifokorlarga kasallik profilaktikasini kuchaytirish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berishdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |