2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orol dengizining 363 ming gektar qurigan maydoniga saksovul ekildi

Orol dengizining qurigan maydoniga saksovul ekish ishlari boshlanganiga ikki oy toʻlmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan oʻtgan yil dekabr oyida boshlangan keng koʻlamli tadbirlar samarasida joriy yil 18 fevral holatiga koʻra, 917,2 ming gektar yer maydoni ekishga tayyorlangan. Uning 363 ming gektariga saksovul urugʻi ekilgan.

 

Dengizning qurigan hududlarida oʻrmonzorlar barpo qilish orqali yuz berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar qizgʻin davom etmoqda.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tuzilgan tezkor shtab tomonidan taqdim qilingan maʼlumotga koʻra, tayyor urugʻni idishlarga joylashtirish, ekish maydonlarini tayyorlash, ekish va boshqa tadbirlarda jami 1 ming 560 kishi ishtirok etgan. Bu ishlarga 462 texnika va 2 samolyot jalb qilingan.

 

Samolyot yordamida 266 ming gektar maydonga saksovul urugʻi sepilgan boʻlsa, traktor yordamida 96,5 ming gektar yerga ekilgan. Bugungi kungacha 1 ming 321 tonnadan ortiq saksovul urugʻi yigʻilgan. Uning 260 ming kilogrammdan ortigʻi mahalliy aholi tomonidan yigʻilib, ularga mehnat haqi oʻz vaqtida berib kelinmoqda. Hozirgi kunga qadar 4 milliard soʻmdan ortiq pul mahalliy urugʻ yigʻuvchilar mehnatiga toʻlangan.

 

– Orolning qurigan maydonini “yashil qoplama” bilan qoplash tadbiri yil boʻyi davom etadi, – deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi Uzaqbergen Utambetov. – Saksovul urugʻini kuz va qish oylarida ekkan maʼqul. Sababi, urugʻ qish boʻyi qor, yomgʻir suvi ostida yotadi va bahorda oʻsib chiqishi uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi. Hozirda asosan urugʻ ekish va ekin maydonlarini tayyorlash ishlari bilan bandmiz. Ekishga tayyorlangan maydonlarga darhol urugʻ sepish yoki koʻchat oʻtqazish yaxshi samara bermaydi. Chunki tuproq shoʻr, ekilgani bilan tuz oʻldirib tashlaydi. Shuning uchun ekish uchun qazilgan ariqlar maʼlum bir vaqt talab qiladi. U ariqlarga shamol yordamida unumdor tuproq kelib joylashganidan keyin ekish mumkin. Bahorda asosiy ishimiz koʻchat oʻtqazish boʻladi. Yozda pitomniklarda saksovul koʻchati yetishtirish bilan band boʻlamiz. Kuzda yana urugʻ yigʻish va sepish ishlarini davom ettiramiz. Orolning qurigan maydonidagi saksovullar orasiga yovvoyi hayvonlar va chorva uchun ozuqabop ekinlar ham ekilmoqda. Dengizning qurigan maydonlarida 40 ta artezian qudugʻi qaziladigan boʻldi. Chuchuk suv chiqyapti. Bu kelajakda chorvachilikni rivojlantirish imkonini beradi, degani. Qator xorijiy va mahalliy hamkorlarimiz saksovullar orasiga dorivor giyohlar ekish ishlarini ham boshlamoqchi. Bu ham oʻta istiqbolli loyiha.

 

Joriy yilda dengizning qurigan maydonida 500 ming gektar “yashil qoplama” barpo etish rejalashtirilgan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi “Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” – himoya oʻrmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, koʻtarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy taʼsirini kamaytirish, ushbu hududlarda choʻl oʻsimliklaridan himoya oʻrmonzorlari barpo qilishni samarali tashkil etish hamda global iqlim oʻzgarishlari, Orol dengizi qurishining qishloq xoʻjaligi rivojlanishi va aholining hayot faoliyatiga salbiy taʼsirini yumshatish maqsadida 2019 yilda amalga oshiriladigan tadbirlar uchun 100 milliard soʻm ajratildi.

 

Ushbu qarorda belgilanishicha, bahor mavsumida 200 ming gektar, kuzda esa 300 ming gektar “yashil qoplama”lar tashkil qilinadi. Umuman, ushbu himoya oʻrmonzorlarining 50 ming gektari koʻchatdan, 450 ming gektari urugʻdan barpo qilinadi.

 

Darhaqiqat, ushbu ekologik ofatdan eng koʻp Moʻynoq xalqi aziyat chekib kelmoqda. Ayniqsa, iyul-avgust oylarida nihoyatda katta chang-toʻzon havoga koʻtariladi. Himoya oʻrmonlari barpo qilinsa, ushbu muammolar barham topadi.

 

Ayni paytda Orolda olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarda barcha viloyatlardan kelgan hasharchilar faol ishtirok etmoqda. Hasharchilar uchun sharoitni yaxshilash maqsadida vagon uylar olib kelingan. Tashkil qilingan 13 ta otryadda aloqa vositalari oʻrnatilgan. Ishchilar vaqti-vaqti bilan almashib ishlamoqda.

 

Yesimxon QANOATOV, OʻzA muxbiri

23.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar