Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Mavjud muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash muhimdir

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning topshiriq va tavsiyalari asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati filialida viloyatda go‘daklar o‘limi holatlari yuzasidan tahliliy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Bekzod Ismatov, viloyat hokimligi kotibiyati mudiri Umid Abdullayev, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati, markaz mutaxassislari va tibbiyot muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Muhokamada viloyatda onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, profilaktik tadbirlar samaradorligi hamda bolalar o‘limi holatlarini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Bekzod Ismatov tomonidan ushbu masaladagi mavjud muammolarni bartaraf etish, tizimdagi kamchiliklarni barvaqt aniqlash hamda hamkor tashkilotlar bilan hamjihatlikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.

– Bu masalada tibbiyot xodimlarining mas’uliyatini oshirish bilan birga, barcha manfaatdor tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi muhim. Viloyat hokimligi tibbiyot tizimiga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor, – deya qayd etdi u.

Viloyat hokimligi kotibiyati mudiri Umid Abdullayev esa onalik va bolalik masalalarida tibbiyot xodimlari olib borayotgan mashaqqatli mehnat e’tirofga loyiq ekanini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, ushbu sohada barcha hamkor tashkilotlarning ko‘magi talab etilishi, tibbiyot xodimlari esa o‘z navbatida mas’uliyat bilan faoliyat yuritishlari shart ekanini bildirdi.

adbir davomida Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Yorbek Mamanazarov tomonidan joriy yilning may oyida qayd etilgan go‘daklar o‘limi holatlari tahlil qilinib, sabab va shart-sharoitlar batafsil muhokama qilindi. Shu asosda barcha mutasaddi va tibbiyot xodimlariga aniq chora-tadbirlar, vazifa va tavsiyalar berildi. Ushbu muammoni bartaraf etishda birgalikda va tizimli faoliyat yuritish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida har haftaning payshanba kuni viloyat miqyosida “Onalik va bolalik xizmati” bo‘yicha doimiy muhokamalar o‘tkazib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

12.06.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar