2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Rektor mahalladagi muammolarni o‘rgandi

Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev Ko‘rg‘ontepa tumanidagi Chorvador mahallasida bo‘lib, mavjud muammolarni o‘rgandi, aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda odamlarni qiynayotgan muammolarni aniqlash, bartaraf etish, pirovardida xalqning turmush farovonligini oshirish, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning hayotda o‘z o‘rinlarini topishiga ko‘maklashishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Ana shu tashabbus doirasida Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘rganish va joyida hal etish maqsadida o‘ziga biriktirilgan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Chorvador” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

Dastlab rektor mas’ullar ishtirokida mahallada istiqomat qilayotgan aholi vakillari bilan uchrashdi va muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda universitet rektori so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaralari, aholi turmush farovonligini oshirish, bandligini ta’minlash, shu orqali fuqarolar, oilalarning doimiy daromad manbaini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar haqida gapirdi. 

Uchrashuv davomida aholi vakillari bilan ehtiyojmandlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mahalla infratuzilmasidagi muammolar hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, ayrim yoshlarga kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, hududda tibbiy punkt faoliyatini tiklash, aholining bandligini ta’minlash, tikuv sexi tashkil etish, maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng universitet rektori mahallaning Chorsu ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarida bo‘lib, ularning turmush sharoitlari bilan tanishdi, muammolarini tingladi. Aholi tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi. 

Murojaatlar o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, mutasaddi tashkilotlar tomonidan elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida mahalla hududiga yangi transformator o‘rnatish ishlari boshlandi. 

14.06.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar