Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida o‘tgan 2024 yilning 1 iyundan buyon tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 94 nafar xotin-qizga jami 85 ta ijtimoiy, psixologik va tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Bu natijalar mamlakatimizda xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning samarasidir.
Har bir murojaat manzilli ravishda ko‘rib chiqilib, zarur yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, 65 ta holatda psixologik yordam, 12 ta holatda yuridik maslahat, 18 ta holatda tibbiy xizmat amalga oshirildi. Buning natijasida ko‘plab ayollar ruhiy qiyinchiliklardan xalos bo‘lib, hayotga boshqacha nigoh bilan qarashni boshladilar.
Shuningdek, ajrim arafasida turgan oilalar bilan olib borilgan kompleks psixologik seanslar oilaviy munosabatlarni tiklash, oila muhitini barqarorlashtirishga qaratildi. Bu nafaqat ayollarni, balki butun oilani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadamdir.
Alohida ta’kidlash joizki, 2024 yilning oktyabr oyidan buyon zo‘ravonlikdan jabrlangan 10 nafar ayol “Birlamchi ko‘mak xonasi” ga vaqtincha joylashtirildi. Ularga tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatilib, xavfsiz muhitda yashash imkoni yaratildi.
– Zo‘ravonlikka uchragan ayolning ichki dunyosidagi kurash ko‘p hollarda tashqi tazyiqdan og‘ir kechadi. U o‘zini aybdor his qilishi, qo‘rquv, umidsizlik, tushkunlikka tushishi mumkin. Biz eng avvalo uni eshitamiz, qalbidagi og‘riqni yengillashtirishga harakat qilamiz. Psixologik seanslarda ayol so‘zini erkin ayta olishi, yuragidagi dardini bayon qilishi juda muhim, – deydi Shirin shahridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi Kamola Allamurodova. – Biz uning siniq ruhini asta-sekin qayta tiklashga harakat qilamiz. Har bir tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida tashkil etilgan “Birlamchi ko‘mak xona” lar zo‘ravon muhitdan vaqtincha ajratish orqali ayollarning ruhiy sog‘lomlashuviga xizmat qilmoqda. Bu maskanlarda ayollar nafaqat tibbiy va psixologik yordam oladi, balki kelajak hayoti haqida to‘liq o‘ylash, rejalar tuzish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.
Ushbu ishlar “Inson” markazlari orqali joriy etilgan tizimli yondashuv asosida amalga oshirilmoqda. 2024 yil 1 iyundan e’tiboran, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki tahdid ostidagi xotin-qizlarga himoya orderisiz ijtimoiy, psixologik va yuridik yordam ko‘rsatish tartibi yo‘lga qo‘yildi. Bu tizim orqali yordam so‘rovchi ayollar ortiqcha byurokratik to‘siqlarsiz, tezkor va samarali xizmatlarga ega bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari va ijtimoiy xodimlar bilan hamkorlikda har bir holat individual tarzda o‘rganilib, maqsadli yechimlar ishlab chiqilmoqda.
Aholining barcha qatlamlari uchun ochiq bo‘lgan bunday chora-tadbirlar xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashi, eng muhimi – inson qadrini yuksaltirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayolni tinglash – jamiyatni tuzatish demakdir. Bu so‘zlar bugun shunchaki shior emas, balki amaliy hayot qoidasiga aylanmoqda. Shirin shahridagi “Inson” markazi faoliyati misolida ko‘rinib turibdiki, har bir ayolga quloq tutish, uni tushunish va qo‘llab-quvvatlash orqali nafaqat uning, balki butun oilaning, hatto jamiyatning barqarorligi ta’minlanmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |