
Surxondaryo viloyatida Qurbon hayiti bayramga xos ezgu amallar bilan boshlandi. Vohada og‘ir turmush sharoitida yashab kelayotgan 141 nafar xotin-qizning manzilli ro‘yxati shakllantirilib, ularning 28 tasiga yangi uy qurib beriladigan bo‘ldi. 113 ta oilaning turar-joyi tubdan ta’mirlanadi.
Saxovatpesha xalqimizga xos bu ishning Qurbon hayiti shukuhi esayotgan kunlarda boshlanganida chuqur ma’no bor. Zero, qadimdan hayit bayramlari xalqimizning insonparvarlik, ahillik, saxovat, olijanoblik va mehr-muruvvat kabi yuksak fazilatlarini keng namoyon etib keladi. Vohada boshlangan ushbu loyiha ham inson qadri ulug‘lanayotgan mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlab, xotin-qizlar, yoshlar va keksalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilayotgan e’tiborning yuksak samarasi ekanidan darak beradi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, vohada bunday ezgu ishni amalga oshirish g‘oyasi Qurbon hayitidan avvalroq paydo bo‘lgan. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning topshirig‘i bilan mahallalar yettiliklari o‘z hududlarida xatlov o‘tkazib, ijtimoiy himoyaga muhtoj nochor ahvolda yashayotgan xonadonlar ro‘yxatini shakllantirgan. Xatlov yakuni bilan aniqlangan oilalarning 28 tasiga homiylar yangi uy qurib beradi. Qolganlarining uy joylari tubdan ta’mirlanib, hayotidan rozi bo‘lib yashashi uchun barcha sharoit yaratiladi. Qalblarga o‘zgacha quvonch va shodlik ulashgan shu kunlarda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumanida bo‘lib, Obod turmush mahallasida yashovchi Guljamol Hamroyeva oilasi uchun yangi uy qurilishiga tamal toshini qo‘yib berdi.
– Mahallaning chetroq joyida yashaymiz, – deydi G.Hamroyeva. – Murojaat etmasak ham viloyat hokimi o‘zi kelib, yangi uy qurilishiga sababchi bo‘ldi. Bunday poydevori mustahkam uyli bo‘lish xayolimga kelmagan edi. Ko‘rsatilayotgan bu e’tibor uchun Prezidentimizdan cheksiz minnatdorman. Barcha sharoitlarga ega uyda ulg‘aygan farzandlarim kelajakda shu Vatan uchun munosib farzandlar bo‘lishiga ishonaman. Shu maqsadda farzandlarim tarbiyasiga alohida e’tibor qaratmoqdaman.
Viloyatda muborak va fazilatli Qurbon hayiti kunlarida ehtiyojmand oilalarda qurilish va ta’mirlash ishlarini boshlagan homiylar uylarni tez, sifatli barpo etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ham belgilab olgan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |