Mamlakatimizda keyingi paytlarda sanoat va tadbirkorlik borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu borada Namangan viloyatini alohida e’tirof etsh mumkin. Hozirda viloyatda 43 mingdan ziyod kichik va o‘rta biznes sub’ektlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Viloyatdagi 73 ta kichik sanoat zonasi hamda hududlarda o‘zlariga qarashli ob’ektlarda ish olib borayotgan minglab ishbilarmonlarning oldida hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar ham mavjudki. Muammolarni hal etish eng, avvalo, aholi farovonligi hamda xususiy sektorning jadal rivojiga xizmat qilishi ham bor gap.
Joriy yilning 9 aprel kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan hududlarning turizm salohiyatini oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida, Namangan shahridagi “Ma’rifat maskani”da O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, respublika Kichik biznes uyushmasi tomonidan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Namangan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shavkat Abdurazzoqov, respublika Kichik biznes uyushmasi raisi Kamola Mirzaliyeva ishtirok etdi. Tadbirda ta’kidlab o‘tganidek, har yili 20 avgustda Tadbirkorlar kuni munosabati bilan davlatimiz rahbarining tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan ochiq muloqoti o‘tkaziladi hamda unga taqdim etiladigan dolzarb masalalarni kiritishda bunday yuzma-yuz uchrashuvlarning ahamiyati katta.
Moliya va iqtisodiyot, soliq, bojxona, adliya boshqarmalari hamda savdo-sanoat palatasi mutasaddilari, 150 dan ortiq tadbirkorlar ishtirokidagi uchrashuv davomida chet el tashkilotlarida arzon narxlarda taqdim qilinadigan moliyaviy resurslarni joriy etish, ishlab chiqarish dastgohlarini olib kelishda lizing ajratish, biznesni kengaytarish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish, go‘sht va parrand mahsulotlari eksportiga ko‘maklashish, yerga egalik qilishda buzilgan huquqlarni tiklash borasida so‘z yuritildi. Shuningdek, foyda soliqlarini kamaytirish, yer toifasini o‘zgartirish, Norin tumanida yog‘ochdan qurilish va mebel mahsulotlarini ishlab-chiqarish faoliyatini yuritish uchun maxsus kichik sanoat zonasini barpo etish kabi masalalarda ham murojaatlar, taklif va tashabbuslar o‘rtaga tashlandi.
– Tekstil yo‘nalishidagi korxonamiz nafat viloyat, balki Farg‘ona vodiysidagi yirik eksportyorlardan hisoblanadi. Ayni paytda mahslotlar Amerika Qo‘shma Shtatlariga eksport qilishga hozirlanmoqda. Ikki tomonlama tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 200 ming dona erkaklar kiyimlarini okean orti davlatiga yetkazish zarur. Hozirda logistika masalalasida qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. O‘zimizdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘qligi sababli yuklarimizni Turkiya orqali yetkazishdan o‘zgp chora yo‘q. Bu esa ortiqcha xarajatlarni vujudga keltirmoqda. Muloqotda logistika bo‘yicha xizmatlarni amalga oshirishda tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlarni joriy etish haqidagi taklifimiz e’tiborga olinishidan mamnun bo‘ldik, – deydi Davlatobod tumanidagi “Fazman tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari Tohirjon Jo‘rayev.
Tadbirda, ishbilarmonlik muhitini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish, moliyaviy resurslarga ega chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kichik va o‘rta biznes rivojiga qaratilgan masalalar muhokama qilinib, bir qator masalalarga joyida yechim topildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |