Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Ochiq muloqot: muammolar tinglandi, yechimlar topildi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i B.Muratov tadbirkorlik sub’ektlari va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida tadbirkorlar tomonidan “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish tartibi, bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatlari, shuningdek, xorijdan texnologik asbob-uskunalarni olib kirishda bojxona rasmiylashtiruvi va to‘lovlarga oid mavzularda murojaatlar bildirildi.

E’tiborlisi, bojxona organi mas’ullari har bir murojaatchiga individual yondashib, ularga huquqiy tushuntirishlar berdi.  Bu esa tizimda ochiqlik, xizmatga tayyorlik va “Bojxonachi xalqqa va tadbirkorga yordamchi” tamoyili ustuvor ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Tadbir davomida aniqlangan taklif va tavsiyalar asosida kelgusida bojxona tizimining yanada takomillashuvi, qonunchilikdagi yengilliklarning to‘g‘ri qo‘llanishi va tadbirkorlar bilan samarali hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi yuzasidan muhim xulosalar chiqarildi.

Xuddi shunday ochiq sayyor qabul viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Osmanov rahbarligida ham o‘tkazildi. Unda tadbirkorlik sub’ektlari va tashqi iqtisodiy faoliyat vakillari qatnashdi.

 Mazkur ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv muammolarni joyida tinglash, ularni tezkor hal etish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsad qilingan bo‘lib, tadbirkorlar ko‘plab masalalarda o‘zlarini qiynayotgan savollarga javob topish imkoniga ega bo‘ldi.

Uchrashuv davomida bojxona sohasi mutasaddilari nafaqat murojaatlarga yechim topdi, balki ishtirokchilarni bojxona qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar bilan ham tanishtirdi. Jumladan, Prezidentning “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, uning amaliy ahamiyatiga urg‘u berildi.

03.06.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar