2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xovosda sayyor qabul o‘tkazildi

Xovos tumani Qahramon mahallasida tuman fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E. Turdimov , viloyat prokurori, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimi hamda mutasaddi tashkilot va idoralar xodimlari ishtirok etdi va fuqarolarning muammolari birma-bir tinglandi va ularga yechim topish choralari ko‘rildi.

Qabulga asosan tumanning Binokor, Qahramon, Husniobod va Bo‘ston mahallalari fuqarolari tashrif buyurdi. Ularning umumiy sonlari 117 nafar bo‘lib, ular tomonidan turli muammoli masalalar ko‘tarildi. Asosiy murojaatlar bepul uy-joy ajratish, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, moddiy yordam berish, yo‘l va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni tashkil etdi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarga joyida tegishli tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalar viloyat hokimligi nazoratiga olinib, atroflicha o‘rganilishi uchun ko‘rsatmalar berildi. Qonunga zid bo‘lgan ba’zi talablar esa joyida rad etildi.

Murojaatchilar ta’kidlashlaricha, bunday sayyor qabullar turli idoralarga borib yurish zaruratini kamaytirib, fuqarolarga mas’ul rahbarlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatini beradi.

Qabul yakunida viloyat darajasida ishchi guruh tuzilib, hududda obodonlashtirish, bunyodkorlik va aholi uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha amaliy ishlar tashkil etilishi belgilab olindi.

02.06.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar