Hududlarda aholi turmush darajasini oshirish, infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda O‘zLiDePdan saylangan deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gavhar Olimova Sirdaryo viloyatining Boyovut va Xovos tumanlarida amaliy uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar chog‘ida mahalliy yo‘llar holati, ichimlik va oqova suv tizimlari, yer osti suvlari, tomorqa faoliyati hamda ta’lim muassasalariga xavfsiz qatnov masalalari o‘rganilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Xususan, Yangiyer shahrining Yangiobod va Navro‘zobod mahallalarida aholi murojaatiga asosan mavjud tikquduq ta’mirlandi va yana bir yangi quduq qazilib, foydalanishga topshirildi. Ma’rifat mahallasini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida esa Davlatobod mahallasi hududidan suv tortib kelindi. Ayni paytda Jahon banki mablag‘lari hisobidan Yangiyer shahrini to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha 11 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda.
Xovos tumanidagi Do‘stlik mahallasining Al-Buxoriy ko‘chasida bolalar maktab va bog‘chaga xavfsiz qatnashi uchun yo‘laklar qurish zarurligi tuman Kengashi deputati Manzura Haydarova tomonidan ko‘tarilib, amaliyotga yo‘naltirildi. Shuningdek, mahalladagi tashlandiq uylar masalasi yuzasidan fuqarolar murojaati asosida choralar ko‘rish vazifalari yuklatildi.
Afrosiyob mahallasining 300 ta xonadon tomorqasini suv bilan ta’minlash maqsadida yangi tikquduq qurish taklifi deputat Temur Razzoqov tomonidan ilgari surildi va bu borada texnik o‘rganish ishlari boshlab yuborildi.
Ochiq muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy xizmatlar sifati, mahalliy infratuzilma, yoshlar bandligi, ayollar faolligini oshirish kabi masalalar bo‘yicha bildirilgan taklif va tashabbuslar inobatga olindi. Barcha murojaatlar deputat nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.
Mazkur tashabbuslar O‘zLiDePning inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish, joylarda islohotlarga amaliy tayanch yaratish hamda fuqarolik nazoratini ta’minlashga qaratilgan siyosiy irodasini yana bir bor ifoda etdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |