
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tuman bo‘limi xodimlarining sa’y-harakati bilan tumandagi 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi 27 nafar xodimning jami 124 million so‘m ish haqi undirib berildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining ijro hujjatlari asosida xodimlarning foydasiga 124 million so‘m oylik ish haqini undirish belgilangan. Shunga qaramasdan, javobgar tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmagan va ishchilarning ish haqlari to‘lab berilmagan. Ishchilar sud qaroriga asosan chiqarilgan ijro varaqalarning ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limiga murojaat qilishgan.
Bo‘lim xodimlari tomonidan javobgar tashkilot rahbariga sud qarorlarining ijrosini ta’minlamaslik qo‘shimcha ijro yig‘imi va ma’muriy jarima qo‘llashga asos bo‘lishi tushuntirildi. Shuningdek, bo‘limning davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning asosiy bank hisob raqami xatlovga olindi. Buning natijasida 27 nafar xodimning ish haqlari undirib berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |