Vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar, sayyor qabullar, xonadonbay o‘rganishlar davomida ko‘tarilgan muammolardan kelib chiqqan holda samarali davom ettirmoqda.
Natijada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash kabi qator yo‘nalishlarda aholiga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Andijon, Surxondaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarida davom ettirdi.
O‘tgan bir hafta mobaynida jami 200 dan ziyod ommaviy sayyor qabullar tashkil etilib, ularda 3 yarim mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Shulardan 1 mingdan ziyodi joyida ijobiy hal etildi. O‘rganish uchun vaqt va mablag‘ talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ularga yechim topish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga ko‘rsatmalar berildi.
Ochiq muloqotlarda asosan kommunal va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash sohalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.
Ular tegishli soha mas’ullari tomonidan o‘rganilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Jumladan, Respublika ishchi guruhi mas’ullari yordamida ichki yo‘llarni talab darajasiga keltirish uchun 30 kilometrga yaqin yo‘llar shag‘allashtirildi, 15 kilometrdan ziyodiga asfalt qoplamasi yotqizidi.
Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 260 dan ziyod transformator yangisiga almashtirildi yoki kapital ta’mirlandi, 3 mingdan ziyod yangi temir-beton tayanch ustuni o‘rnatildi, 30 kilometrga yaqin yangi SIP kabellar tortildi.
Gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 100 dan ziyod gaz taqsimlash punkti, quvurlar kapital ta’mirlanib, soz holatga keltirildi.
Aholini ichimlik va ekin suvi bilan ta’minlash holatini yaxshilash maqsadida 3 ta yangi suv inshooti o‘rnatildi, lozim bo‘lganlari ta’mirlandi, quvurlar soz holatga keltirildi. Shuningdek, 235 kilometr lotok, ariq va zovur chiqindilardan tozalanib, lozim qismi betonlashtirildi. Sanitariya va ekologik ahvoli og‘ir bo‘lgan 200dan ziyod ijtimoiy soha ob’ektlari tartibga keltirildi.
Shu o‘rinda ta’kidlaydigan bo‘lsak, asosiy masalalardan sanalgan ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarda fuqarolarga amaliy ko‘maklar tizimli ravishda ko‘rsatib kelinmoqda.
Ana shunday mahallalarda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari asosida yangi loyihalarni amalga oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga erishilmoqda. Bu borada qo‘shimcha mehnat yarmarkalari tashkillashtirildi.
Misol uchun, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida fuqarolarga 35 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar va o‘tkazilgan mehnat yarmarkalari natijasida 97 ta mahallada kambag‘al oilalarga bandlik va daromad manbasini yaratish, turmush darajasini yaxshilash uchun ko‘maklashildi. Ishsiz bo‘lgan aholi mavsumiy va doimiy ishga joylashtirildi, 300 ga yaqin fuqaro malakasini oshirish uchun bepul o‘qishga yo‘naltirildi.
Joylarda deyarli 33 ming aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi. Natijada mingdan ziyod fuqaroga Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarga davolanish uchun order, 260 nafariga nogironlik aravachasi, 466 nafariga protez-ortopediya vositalari yetkazib berildi. Bundan tashqari, 90 ga yaqin og‘ir mahallada arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |