O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi mutasaddilari tomonidan Baliqchi va Oltinko‘l tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, turli darajadagi davlat va boshqaruv idoralari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolarni joyida yechimini topishga imkon bermoqda.
Jumladan, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Andijon viloyati hududiy boshqarmasi mutasaddilari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda fuqarolarni qiynayotgan qator muammolar o‘z yechimini topdi.
– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun auksion orqali ijaraga yer olganman, - deydi Baliqchi tumani Yurtobod mahallasida yashovchi fuqaro G‘.Mo‘minov. – Menga ajratilgan yer maydoni atrofiga shu hududda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaligi tomonidan terak daraxtlari ekilgan. Ushbu teraklar soya solib, ekinlar yaxshi hosil bermayapti. Shu bois qabulda ushbu teraklar fermer tomonidan kesilishiga amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab, murojaat qildim. Nafaqat meni, balki men kabi bir necha fuqaroni qiynayotgan ushbu muammoni hal etishga yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, sayyor qabulda Oltinko‘l tumani Ittifoq mahallasida yashovchi X.Dehqonov salomatligida muammo borligi, davolanish uchun moddiy yordam ko‘rsatilishini iltimos qilib, murojaat qildi. Uning murojaati ijtimoiy xizmat markazi orqali ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.
– Mebel ishlab chiqarish yo‘nalishida tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman, xonadonimda ish olib boraman, - deydi Oltinko‘l tumani, Ayshaxonim mahallasida yashovchi, fuqaro O.Bahromov. – Ushbu faoliyatimni kengaytirish uchun Andijon tumani Mart mahallasida barpo etilgan kichik sanoat zonasidan auksion orqali 50 million so‘mga 0,05 sotix yer maydoni sotib oldim. To‘lovni to‘liq to‘lab bo‘lgan bo‘lsam-da, nima uchundir yer maydoni ajratib berilmayapti. Ushbu masalada menga amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rayman.
Fuqaroning ushbu murojaati ham mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tez kunlarda hal etiladigan bo‘ldi.
Qabul davomida fuqarolarning yuqoridagi kabi, shuningdek, kredit olish, maishiy texnika xarid qilish, uyni ta’mirlash, ishga joylashish, davolanish uchun moddiy yordam olish singari qator muammolari eshitildi, muammolarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi.
Hal etilishi ma’lum vaqt va o‘rganish talab etadigan masalalar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan bu kabi sayyor qabullar viloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazilishi belgilangan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |