Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Muammolar joyida hal etildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi mutasaddilari tomonidan Baliqchi va Oltinko‘l tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, turli darajadagi davlat va boshqaruv idoralari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolarni joyida yechimini topishga imkon bermoqda. 

Jumladan, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Andijon viloyati hududiy boshqarmasi mutasaddilari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda fuqarolarni qiynayotgan qator muammolar o‘z yechimini topdi. 

– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun auksion orqali ijaraga yer olganman, - deydi Baliqchi tumani Yurtobod mahallasida yashovchi fuqaro G‘.Mo‘minov. – Menga ajratilgan yer maydoni atrofiga shu hududda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaligi tomonidan terak daraxtlari ekilgan. Ushbu teraklar soya solib, ekinlar yaxshi hosil bermayapti. Shu bois qabulda ushbu teraklar fermer tomonidan kesilishiga amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab, murojaat qildim. Nafaqat meni, balki men kabi bir necha fuqaroni qiynayotgan ushbu muammoni hal etishga yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, sayyor qabulda Oltinko‘l tumani Ittifoq mahallasida yashovchi X.Dehqonov salomatligida muammo borligi, davolanish uchun moddiy yordam ko‘rsatilishini iltimos qilib, murojaat qildi. Uning murojaati ijtimoiy xizmat markazi orqali ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. 

– Mebel ishlab chiqarish yo‘nalishida tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman, xonadonimda ish olib boraman, - deydi Oltinko‘l tumani, Ayshaxonim mahallasida yashovchi, fuqaro O.Bahromov. – Ushbu faoliyatimni kengaytirish uchun Andijon tumani Mart mahallasida barpo etilgan kichik sanoat zonasidan auksion orqali 50 million so‘mga 0,05 sotix yer maydoni sotib oldim. To‘lovni to‘liq to‘lab bo‘lgan bo‘lsam-da, nima uchundir yer maydoni ajratib berilmayapti. Ushbu masalada menga amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rayman. 

Fuqaroning ushbu murojaati ham mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tez kunlarda hal etiladigan bo‘ldi. 

Qabul davomida fuqarolarning yuqoridagi kabi, shuningdek, kredit olish, maishiy texnika xarid qilish, uyni ta’mirlash, ishga joylashish, davolanish uchun moddiy yordam olish singari qator muammolari eshitildi, muammolarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. 

Hal etilishi ma’lum vaqt va o‘rganish talab etadigan masalalar ijrosi qat’iy nazoratga olindi. 

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan bu kabi sayyor qabullar viloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazilishi belgilangan. 

19.05.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони1 Avgust 202414 Avgust 2024Andijon viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar