
Qashqadaryo viloyatida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar davom etmoqda.
Viloyat soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar faoliyatidagi muammolarni aniqlash va ularga yechim topish maqsadida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi uchrashuv Muborak tumanida o‘tkazildi.
Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov ishtirokida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar soliq hisobotlarini topshirish, imtiyozlardan foydalanish va boshqa dolzarb masalalarni muhokama qilishdi. Ayrim murojaatlar shu yerda hal etilgan bo‘lsa, ayrimlari vaqt va o‘rganish talab qilib, aniq muddat va mas’ullar belgilab olindi.
Muborak tumanidagi “Muborak konkret” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakili Boytura Sobirov qishloq xo‘jaligi yeri bilan bog‘liq muammolarni ko‘tarib, soliqlarning ortiqcha hisoblanganini bildirdi. Mazkur masala bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish uchun topshiriqlar berildi.
Uchrashuv so‘nggida soliq qonunchiligidagi yangiliklar va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi, ishtirokchilarning savollariga javob qaytarildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |