O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-mayor Aziz Tashpo‘latov Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlari bilan uchrashib, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
Yoshlar ishlari agentligi, Sport, Sog‘liqni saqlash, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Markaziy bank, “Asaka bank” hamda “Aloqa bank”, shuningdek, sohaga mas’ul boshqa idoralarning vakillari ishtirokida o‘tgan uchrashuvda 180 nafar yosh va ularning ota-onalari qatnashdi.
So‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlar masalalari davlat siyosati darajasigacha ko‘tarilib, ushbu yo‘nalishga e’tibor naqadar muhim ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik bois, ertamiz umidlari ilm-fan, madaniyat, sport sohasida mamlakatimiz dovrug‘ini yuqoriga ko‘tarish maqsadida astoydil harakat qilishayotganligi, bu borada ularga har jabhada yelkadosh rahbarlar borligi alohida ta’kidlandi.
Jumladan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda ichki ishlar organlari xodimlari bilan bir qatorda hamkor tashkilotlarning “Mahalla yettiligi” bilan birga ishlash mexanizmi yaratilgan bo‘lib, har bir yoshning muammosi xonadonma-xonadon yurib o‘rganilmoqda.
Mas’ul rahbarlar har oyda kamida bir marotaba o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning salohiyatini yuzaga chiqarishga, talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlashga, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashmoqda.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan yangi tashabbus va takliflar bildirildi. Ayniqsa, ularning savollariga hamda murojaatlariga mas’ullar tomonidan alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar va ularning ota-onalari tomonidan jami 79 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning barchasi qanoatlantirildi. 47 nafar yoshga ularning qiziqishidan kelib chiqib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur uskuna, anjomlar va kompyuter jamlanmalari topshirildi. Uchrashuvda faol ishtirok etgan 30 nafar yoshga esdalik sovg‘alari va kitob jamlanmalari berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |