2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar qog‘ozlarda qolib ketmasligi lozim

Buxoro viloyatida joriy yilning birinchi choragida boshqarma va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Xolmurod Bahronov amalga oshirilgan ijobiy ishlar va kamchilik kelgusidagi rejalar haqida o‘z fikrlarini билдирди.

Viloyat aholisidan kelib tushgan aliment undirish, bolalar nafaqasi, ish bilan ta’minlash, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, tabiiy gaz hisoblagichini sozlash va o‘rnatish, ish haqi to‘lash va boshqa masalalardagi murojaatlarning 3 021 tasi ijobiy hal etilishi ta’minlandi. Shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat, tuman va shahar tashkilotlari rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida 3 127 nafar aholining roziligiga erishildi.

Amalga oshirilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida Davlat rahbari nomiga yo‘llangan murojaatlar soni 2024 yilning mos davriga nisbatan 41 foizga kamayishiga erishildi. Ижобий ishlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham bor, albatta. Tahlillarga ko‘ra, har ming nafar aholiga kelib tushgan o‘rtacha murojaatlar soni Olot (9 ta), Qorako‘l (8 ta) va Qorovulbozor (7 ta) tumanlari hamda Buxoro va Kogon shaharlarida (7 tadan) yuqoriligicha qolmoqda. 

Jami murojaatlarning 50 foizi Buxoro shahar (2 070 ta), G‘ijduvon (1 671 ta) va Qorako‘l (1 369 ta) tumanlari aholisidan kelib tushgan. 

Fuqaroning ishtirokisiz uning nomiga kredit va kafillik rasmiylashtirilganligi, uy-joyni ta’mirlash uchun kredit, haydovchilik guvohnomasini olishdagi muammolar, tabiiy gaz hisoblagichining nosozliklari, sud qarorlari ijrosi, sodir etilgan jinoyat haqida xabar, yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarib olish, jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilganligidan norozilik, sudda fuqarolik ishlarini ko‘rishda davlat bojidan ozod etish kabi mazmundagi murojaatlarga ko‘plab duch kelinmoqda. 

Shu bilan birga oliy ta’limda o‘quv jarayoni, o‘quv ishlari, mahalliy hokimliklar faoliyatidan norozilik, ijtimoiy ta’minot xodimi xatti-harakatlari, tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lovlar va qarzdorlik, hokim yordamchisidan chorva mollari uchun tavsiyanoma olish bo‘yicha ham murojaatlar soni keskin oshgan.

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalani yakuniy hal qilish choralari ko‘rilmaganligi, ularni o‘rganish davomida fuqaro roziligi ta’minlanmaganligi natijasida 1 596 ta takroriy murojaat, shuningdek,  davlat xizmatchilari faoliyati va xatti-harakatlari bilan bog‘liq 1 194 ta murojaat kelib tushgan.

alq qabulxonalari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish hamda tahlillarda aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlarni bartaraf qilish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga 51 ta taqdimnoma, 43 ta taklif hamda xalq deputatlari Kengashlariga 14 ta axborot, shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni bartaraf qilish yuzasidan 192 ta ko‘rsatma kiritildi.

Kiritilgan hujjatlarga asosan, kamchiliklar bartaraf qilinishi bilan bir qatorda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 47 nafar xodimi ogohlantirildi, 7 nafar xodimiga nisbatan “hayfsan”, 2 nafar xodim oylik ish haqidan jarimaga tortildi, 6 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi va 1 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Yurtimizda inson omili yuqori darajada turishi hech kimga sir emas. Har bir insonning hayot ekan tashvishi, muammosi bor, albatta. Muammolar girdobida yashash oqibatida esa turli ko‘ngilsiz hodisalar kelib chiqishi esa bor haqiqat. Hayot uchun bir bor berilgan imkoniyatdan foydalanishga mazmunli va xotirjam yashashga har bir fuqaroning to‘laqonli huquqi bor. 

Jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish, muammolarsiz, shukronalik bilan yashashi uchun avvalo, murojaatlar, raqamlar tahlili qog‘ozlarda qolib ketmasligiga erishmoq lozim. Bu borada esa o‘zini shu yurt farzandi deb sanagan inson vijdonan mehnat qilishga va kuyunchak bo‘lishga astoydil harakat qilishi kerak.  

12.05.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar