2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Muammo ko‘paygan joydan murojaatlar soni ortadi

Samarqand shahridagi Qorasuv mahallasining 77 nafar fuqarosi hududdagi huquqbuzarliklar, xizmatchilar faoliyati singari 106 masala yuzasidan Prezident Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan.

Oqdaryo tumanidagi Yangiobod mahallasida yashovchi 71 nafar fuqaro tomonidan esa bandlik va ijro ishi, aliment va qarz undirish kabi 116 ta masala bo‘yicha ariza va shikoyatlar yo‘llangan. Xuddi shunday Payariq tumani Do‘stlik mahallasining 66 nafar fuqarosi 76 ta masalani, Qo‘shrabot tumani Shavona mahallasida istiqomat qiluvchi 62 nafar fuqaro 81 ta masalani ko‘tarib chiqqan.

Bu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyat Xalq qabulxonasining joriy yil to‘rt oyidagi faoliyati bo‘yicha tahlillarda qayd qilingan.

– Bitta-ikkita murojaatni tushunish mumkin, hayot borki, muammo, masala yuzaga keladi, turmush, ish jarayonida kishilar turli to‘siqlarga, nohaqliklarga duch kelib, davlat idoralaridan, rahbarlardan najot kutadi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Mamatjon Turdiyev. – Lekin bitta mahalladan o‘nlab murojaat bo‘lsa, bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, o‘sha hududda ishlar to‘g‘ri tashkil etilmagan, aholi va mas’ullar o‘rtasida munosabat yaxshi emas. Shuning uchun mazkur hududlar hokimliklari va boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda joylarda o‘rganish ishlari olib boriladi, murojaatlarda qayd etilgan muammolar chuqur tahlil etiladi. Yilning dastlabki to‘rt oyidagi murojaatlar tahlili asosida fuqarolari eng ko‘p murojaat qilgan tuman va shaharlar, mahallalar o‘rganilib, tegishli idoralarni jalb etgan holda muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga yil boshidan buyon Samarqand viloyati aholisidan 29276 ta murojaat tushgan. Bu murojaatlarning 7593 tasi ijobiy hal etilgan. Gap faqatgina murojaatni “yopish”da emas, ularning tahlili qaysi soha yoki hududda muammolar borligini yaqqol ko‘rsatadi.

– O‘ttiz mingga yaqin murojaatni tahlil qilganimizda 3357 tasi aliment va qarz undirish ijro ishlari, 3154 tasi ijtimoiy ta’minot, 2749 tasi xizmatchilar faoliyati va xatti-harakatlari, 2364 tasi huquqbuzarliklar haqidagi xabarlar va ular bo‘yicha ish yuritishga oid muammolar bilan bog‘liq bo‘ldi, – deya so‘zida davom etadi M.Turdiyev. – Sohalar bo‘yicha eng ko‘p shikoyat (283 ta) sog‘liqni saqlash, mahalla (261 ta), Majburiy ijro byurosi (256 ta), bank tizimi (190 ta), mahalla profilaktika inspektorlari (177 ta) va ta’lim sohasi (163 ta) bo‘yicha qayd etilgan. Hududlar bo‘yicha esa Samarqand shahri (622 ta), Pastdarg‘om (321 ta), Urgut (203 ta), Paxtachi (170 ta), Ishtixon (161 ta) va Payariq tumanlaridan (151 ta) ko‘p shikoyat bo‘lganini ko‘rish mumkin. Shundan kelib chiqib, ushbu tizimlar rahbarlari va hududlar hokimliklariga yuzaga kelayotgan muammoli holatlarning oldini olish va tezkor bartaraf etish bo‘yicha xatlar chiqardik.

O‘tgan davrda viloyat aholisidan 4071 ta takroriy murojaat ham tushgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 32 foizga kamaygan bo‘lsa-da, fuqarolik va pasport-viza, jazoni ijro etish, xalqaro huquq, uy-joy bilan ta’minlash va rahbarlar qabulini tashkil etish yuzasidan takroriy murojaatlar soni ortgan.  

28.04.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar