2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yer va uy-joy muammolari hal etilmoqda

Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar inson qadrini ulug‘lash, xalq manfaatlarini ta’minlash hamda huquqiy davlat barpo etishga xizmat qilmoqda. Shu jihatdan, mulk huquqini ta’minlash, fuqarolarning yer uchastkalari va uy-joylariga bo‘lgan huquqlarini qonuniy asosda tan olish masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

2023 yilda qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun ko‘p insonlar taqdiri uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Mazkur huquqiy hujjat orqali yillar davomida hal etilmay kelgan uy-joy va yer bilan bog‘liq muammolarga huquqiy yechim topilmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi seminar ana shu qonun ijrosiga bag‘ishlandi. Unda Adliya vazirligi mutasaddi rahbarlari, sohaning tegishli tashkilotlari hamda mahalliy idoralar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida qonunni hayotga tatbiq etish, uning amaliy ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi. Hujjatda o‘z aksini topgan asosiy normalar – o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga nisbatan ijara huquqini e’tirof etish, ularda qurilgan binolarga bo‘lgan mulk huquqini qonuniylashtirish, shuningdek, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylarga tegishli yerlarning huquqiy maqomini aniqlash kabi masalalar batafsil  ko‘rib chiqildi.

– Qonun ijrosi doirasida hozirga qadar Sirdaryo viloyatida 33 ta mahallada  jami 8 762 ta ko‘chmas mulk ob’ekti xatlovdan o‘tkazilgani qayd etildi. Ushbu xatlov natijalariga ko‘ra, 1 531 ta holat qonun normalari doirasida o‘rganib chiqish uchun muhokamaga chiqarilgan,—deydi seminarda ishtirok etgan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bobur Nazarov.

Bunday keng ko‘lamli xatlov va tahlil ishlari nafaqat huquqiy yechim topish, balki aholining huquqiy madaniyatini oshirish, davlat va fuqaro o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

21.04.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar