
Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar inson qadrini ulug‘lash, xalq manfaatlarini ta’minlash hamda huquqiy davlat barpo etishga xizmat qilmoqda. Shu jihatdan, mulk huquqini ta’minlash, fuqarolarning yer uchastkalari va uy-joylariga bo‘lgan huquqlarini qonuniy asosda tan olish masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
2023 yilda qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun ko‘p insonlar taqdiri uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Mazkur huquqiy hujjat orqali yillar davomida hal etilmay kelgan uy-joy va yer bilan bog‘liq muammolarga huquqiy yechim topilmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi seminar ana shu qonun ijrosiga bag‘ishlandi. Unda Adliya vazirligi mutasaddi rahbarlari, sohaning tegishli tashkilotlari hamda mahalliy idoralar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida qonunni hayotga tatbiq etish, uning amaliy ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi. Hujjatda o‘z aksini topgan asosiy normalar – o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga nisbatan ijara huquqini e’tirof etish, ularda qurilgan binolarga bo‘lgan mulk huquqini qonuniylashtirish, shuningdek, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylarga tegishli yerlarning huquqiy maqomini aniqlash kabi masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.
– Qonun ijrosi doirasida hozirga qadar Sirdaryo viloyatida 33 ta mahallada jami 8 762 ta ko‘chmas mulk ob’ekti xatlovdan o‘tkazilgani qayd etildi. Ushbu xatlov natijalariga ko‘ra, 1 531 ta holat qonun normalari doirasida o‘rganib chiqish uchun muhokamaga chiqarilgan,—deydi seminarda ishtirok etgan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bobur Nazarov.
Bunday keng ko‘lamli xatlov va tahlil ishlari nafaqat huquqiy yechim topish, balki aholining huquqiy madaniyatini oshirish, davlat va fuqaro o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир масалалар | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |
| Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |