Guliston shahridagi Yoshlar markazida Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv kelajakda ta’lim sohasida ish boshlaydigan yoshlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Uchrashuvda nafaqat muammolar muhokama etildi, balki ularga yechimlar ham izlandi. Hokimning yoshlar fikriga nisbatan diqqat bilan yondashuvi, har bir murojaatni shaxsan eshitishi uchrashuvning ahamiyatini yanada oshirdi. Aniq topshiriqlar, manzilli yondashuv va real yechimlarga intilish uchrashuvning asosiy yo‘nalishi bo‘ldi.
Misol uchun, Guliston davlat pedagogika institutining 409 nafar bitiruvchisi bu yil oliy ta’lim dargohini tamomlaydi. Ularning ish bilan ta’minlanishi nafaqat shaxsiy kelajaklari, balki viloyat ta’lim tizimi uchun ham strategik ahamiyatga ega. Zotan, hozirgi kunda viloyatdagi 45 maktabda o‘qituvchilar yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Bu esa ta’lim sifatini ta’minlashda jiddiy to‘siqdir.
Uchrashuvda bildirilgan yana bir muhim g‘oya – pedagogik amaliyotni aynan o‘qituvchilar yetishmayotgan maktablarda tashkil etish taklifi bo‘ldi. Bu taklif orqali talabalar amaliyot paytida o‘zini ko‘rsatib, shu maktabda ish boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu ham bitiruvchi uchun, ham ta’lim muassasasi uchun g‘oyat foydalidir.
Uchrashuvning kreativ jihati – yoshlarning faol ishtirokida bo‘ldi. Ular fikr bildirdi, savol berdi, tanqid qildi va taklif aytdi. Bu esa yoshlarning nafaqat tomoshabin, balki jarayonning to‘liq ishtirokchisi sifatida ko‘rilayotganini ko‘rsatdi.
– Biz bitiruvchi talabalar uchun bu uchrashuv juda katta imkoniyat bo‘ldi. Ilk bor hokim bilan yuzma-yuz, ochiq muloqotda o‘z fikrimizni erkin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Mening o‘ylashimcha, faqatgina nazariy bilim emas, balki amaliy yordam, ish bilan ta’minlash masalasidagi aniq qadamlar bizga ishonch baxsh etdi.Ayniqsa, hokimimizning bitiruvchilarni o‘qituvchi yetishmayotgan maktablarga amaliyotga yuborish va keyinchalik ishga qabul qilish taklifini juda to‘g‘ri va hayotiy deb hisoblayman. Bu orqali biz nafaqat kasbga tayyorlanamiz, balki maktab jamoasiga moslashish, ish jarayonini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz,–deydi Guliston davlat pedagogika institutining bitiruvchi talabasi Muslima Komilova.
– Uchrashuvdagi ochiqlik va samimiy muhit menga juda yoqdi,–deydi bitiruvchi talaba Feruza Dadayeva.– Har bir fikrimiz tinglandi, ba’zi takliflarimiz joyidayoq qo‘llab-quvvatlandi.
Uchrashuvda ta’lim muassasalari rahbarlari, mahalliy hokimiyat va mutasaddi tashkilotlar mas’ullarining hisobotlari tinglandi. E’tiborga molik jihati shundaki, har bir bildirilgan fikr yuzasidan aniq vazifalar, mas’ullar va muddatlar belgilandi.
– Bugungi uchrashuv faqat bitiruvchilar uchun emas, biz – ta’lim beruvchilar uchun ham muhim tajriba bo‘ldi. Yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, ularni kasbga muhabbat bilan tarbiyalashda bunday ochiq muloqotlar katta ahamiyatga ega. Talabalarning faolligi, savollarining hayotiyligi menga ustoz sifatida faxr tuyg‘usini bag‘ishladi,–deydi Guliston davlat pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri Nuriddin Boymatov.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |