2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod mahalla – farovon turmush tayanchi

Sirdaryo viloyatining muhim hududlaridan biri – Mirzaobod tumanida keyingi yillarda jadal rivojlanish, obodonlashtirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

18 ta mahalla, 15 ming 581 ta xonadon va 83 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan ushbu tumanda asosan dehqonchilik va chorvachilik rivoj topgan. Ayniqsa, bu hududda yetishtirilayotgan mashhur qovunlar va anorlar mahalliy va tashqi bozorlarda xaridorgir.

Oxirgi yillarda «Obod mahalla”,”Obod ko‘cha”, “Obod xonadon» mezonlari asosida tumanda obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun munosib sharoitlar yaratish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonda mahallalardagi ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berish, ishsizlik va kambag‘allikni kamaytirish, jinoyatchilikning oldini olish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Biz bu bilangina cheklanib qolmay, har bir mahalla, unda istiqomat qilayotgan aholining ehtiyoj va muammolarini aniqlash, ularni manzilli hal etish maqsadida "Ombor daftari" tizimini joriy etdik, – deydi Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Mavlonov. – Unga asosan har bir mahallaning ichki ehtiyojlari, aholi muammolari manzilli o‘rganilib, bosqichma-bosqich hal etilmoqda.

Ayni shu ishlar samarasida Yangihayot mahallasidagi ko‘p qavatli uy, uning oldidagi bolalar o‘yingohi ta’mirlandi. Oilaviy shifokorlik punktining fasad qismi yangilanib, kerakli jihozlar bilan ta’minlandi. Mahallaning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan sizot suvlar masalasi ham o‘z yechimini topdi. Mavjud drenaj tizimi kapital ta’mirlandi. 

Bundan tashqari, mahalladagi ehtiyojmand 11 ta oila qo‘llab-quvvatlanib, shundan 1 nafar oilaga ona-bola sigir, 1 nafar oilaga motokultivator, 2 nafar oilaga tikuv mashinasi olib berildi, 1 oilaning yashash xonadoni ta’mirlab berildi.

Bahoriston mahallasidagi ikki qavatli uylar homiylar hisobidan ta’mirlandi. Ehtiyojmand oilalarga motokultivator va tikuv mashinalari berildi. Yo‘ldoshobod mahallasida 5 oila doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi. 2 ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi tuzatildi. Shuningdek, 31-sonli maktabning atrofi to‘siq bilan o‘raldi, oshxona va isitish tizimi yangilanmoqda.Toshkent mahallasining transport aloqasini yaxshilash maqsadida ko‘prik kapital ta’mirlanmoqda. 

Mirzaobod tumanida obodonlashtirish, bunyodkorlik va ijtimoiy himoya sohasida olib borilayotgan bu kabi ishlar aholining turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilayotgan bo‘lsa, "Sayxunobod", "Uychi" tajribalari asosida tomorqachilik, tadbirkorlik sohalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar esa kambag‘alchilikning qisqarishiga, aholining daromadi ortishiga, dasturxonlarining to‘kin bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

– Qachonki, ishlash uchun qulay muhit, yetarli shart-sharoit, imkoniyatlar bo‘lsagina, kishi o‘z ishidan rohatlanadi, yanada g‘ayrat bilan mehnat qiladi. Buni esa tumanimiz aholisi yaxshi biladi. Shu boisdan, o‘zlariga tegishli tomorqa xo‘jaliklarida, ijaraga olgan yer maydonlarda qovun-tarvuz, anor mahsulotlari yetishtiribgina qolmay, dasturxonlar to‘kin, bozorlarda narx-navoning barqaror bo‘lishiga hissa qo‘shadigan, eksport qilsa bo‘ladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ahamiyat qaratyapmiz,–deydi M. Mavlonov.

Mirzaobodliklar qadim-qadimdan mehnatkash, o‘z tomorqasiga suyangan xalq. Hozirgi kunda tumanda 15 mingdan ziyod tomorqa xo‘jaligi bor. Ularga tegishli 2400 gektardan ortiq yerda sabzavot, kartoshka, dukkakli ekinlar, ozuqa va rezavor mahsulotlar yetishtirilyapti.

Issiqxonachilikni rivojlantirish yo‘nalishida ham katta qadamlar qo‘yilmoqda. Pomidor, bodring, ko‘katlar yetishtirish orqali aholi nafaqat o‘z ehtiyojini qondirmoqda, balki bozorlarga mahsulot chiqarmoqda. Bu esa aholini bandligini ta’minlashga, daromadining ortishiga yordam beryapti. 

Inson manfaati – eng ulug‘ qadriyat. Hududda amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli ishlar yangi O‘zbekistonda farovon hayot sari tashlanayotgan izchil qadamlarning amaliy natijasidir.

16.04.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar