Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Tadbirkorlar muammolari nazoratda

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyot hajmining yarmidan ko‘pi, sanoat va eksportning uchdan bir qismi aynan kichik va o‘rta biznes vakillari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, zarur sharoitlar yaratish maqsadida ular ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan Bekobod tumanida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Prezidentimizning joriy yil 19 martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. 

Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlarining soliq hisobotlari taqdim etilishi, qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rnini qoplash, yer va mol-mulk soliqlarini hisoblanishi, ma’muriy huquqbuzarliklar bilan bog‘liq muammo va takliflar tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. 

Xususan, tuman hududidagi “Havas Bunyodkor” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari tomonidan tegishli bo‘lganlik qurilish osti maydonini egallagan noturar ob’ekti soliq bazasi va bostirma egallagan maydonga qanday tartibda soliq hisoblanishi yuzasidan murojaat qildi. Mazkur murojaatga mutaxassislar tomonidan qonuniy tartibda javob berildi. 

Shuningdek, tadbirkorlar murojaatlari yuzasidan mas’ul tashkilot hamda soha mutaxassislari tomonlaridan nazoratga olindi. Uchrashuv savol-javoblar bilan qiziqarli tarzda o‘tkazildi.  

12.04.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar