Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyot hajmining yarmidan ko‘pi, sanoat va eksportning uchdan bir qismi aynan kichik va o‘rta biznes vakillari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, zarur sharoitlar yaratish maqsadida ular ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan Bekobod tumanida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Prezidentimizning joriy yil 19 martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlarining soliq hisobotlari taqdim etilishi, qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rnini qoplash, yer va mol-mulk soliqlarini hisoblanishi, ma’muriy huquqbuzarliklar bilan bog‘liq muammo va takliflar tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.
Xususan, tuman hududidagi “Havas Bunyodkor” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari tomonidan tegishli bo‘lganlik qurilish osti maydonini egallagan noturar ob’ekti soliq bazasi va bostirma egallagan maydonga qanday tartibda soliq hisoblanishi yuzasidan murojaat qildi. Mazkur murojaatga mutaxassislar tomonidan qonuniy tartibda javob berildi.
Shuningdek, tadbirkorlar murojaatlari yuzasidan mas’ul tashkilot hamda soha mutaxassislari tomonlaridan nazoratga olindi. Uchrashuv savol-javoblar bilan qiziqarli tarzda o‘tkazildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |