Mamlakatimizda “Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida aholining turmush tarzini yaxshilash, hayoti farovonligini oshirish maqsadida Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, qator vazirlik va idora rahbarlari, mas’ul vakillaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent shahrida davom ettirdi.
Ishchi guruh Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda poytaxtning har bir tumaniga mas’ullar biriktirgan holda mahallabay tarzda bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda muammolarni joylarga chiqqan holda o‘rganib, bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdi.
Jumladan, aholi bilan o‘tkazilgan muloqotlarda aniqlangan muammolarning yechimi bo‘yicha ko‘rilgan choralarning natijadorligini oshirish, yechimini kutayotgan muammolarni hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan poytaxt tumanlarida 100 ga yaqin sayyor qabul o‘tkazildi. Ularda ko‘tarilgan 1300 ga yaqin masaladan 345 tasi ijobiy hal etildi. Muayyan vaqt va mablag‘ talab etadigan masalalar bo‘yicha aniq vaqt va ijro muddatlari belgilanib, nazoratga olindi.
Kelib tushgan murojaatlar asosida poytaxt tumanlarining ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash yo‘lida 390 ming kvadrat metrga yaqin ichki yo‘llar, 30 ming kvadrat metrga yaqin markaziy ko‘chalar mukammal va joriy ta’mirlandi. Asfalt-beton qoplamasi yotqizilib, 20 kilometrga yaqin temir-beton novlar va 30 kilometrdan ziyod yo‘l to‘siqlari ta’mirlandi.
Bundan tashqari, elektr energiya ta’minotini yaxshilash uchun 100 ga yaqin eski sim yog‘och yangi beton ustunlariga almashtirildi, yangi sip kabel tarmoqlari tortildi. Yangi transformatorlar o‘rnatilib, 200 dan ziyodi joriy va mukammal ta’mirdan chiqarildi.
Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini yaxshilash maqsadida quvurlar yangisiga almashtirildi, issiqlik tarmoqlari ta’mirlandi.
Shu bilan bilan birga, shahar ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini zamonaviy talab darajasiga olib chiqish uchun 20 dan ziyod bolalar bog‘chasi, maktab, shifoxona va poliklinikalar ta’miri olib borildi va foydalanishga topshirildi.
Aholi istiqomat qilayotgan 90 ga yaqin ko‘p qavatli uylardagi kamchiliklari bartaraf etildi. Jumladan, 4 ta uyning fasad qismi, 25 ta uyning yerto‘la qismi hamda 36 ta uyning tom qismlari ta’mirlandi, yangi lift uskunalari o‘rnatildi.
Respublika ishchi guruhi vakillari boshchiligida “Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida poytaxtning barcha mahallarida 2 mingdan ziyod turli bayram tadbirlari ham tashkil etildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir mahallalarda arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, mehnat yarmarkalari ham tashkil etildi.
Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari tizimli va manzilli tashkil etilib, ommaviy hasharlar o‘tkazilib, unda 100 mingdan ortiq aholi vakillari ishtirok etdi. Natijada ijtimoiy soha ob’ektlari atrofi obodonlashtirildi, 3 mingga yaqin ko‘cha chiqindidan tozalandi, 120 dan ortiq qabriston (ziyoratgohlar) obod qilindi.
Ma’lumki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida poytaxt hududlarida ko‘chat ekish ishlari tashkil etilmoqda. Ko‘kalamzorlashtirish doirasida 600 mingdan ziyod turli mevali va manzarali daraxtlar ekildi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |