2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar o‘z vaqtida hal etilmoqda

Energetika vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bu haqda vazirlik axborot xizmati bosh mutaxassisi Obidjon Dilmurodov quyidagilarni qayd etdi:

- Energetika vazirligi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘zi vaqtida ko‘rib chiqib, ularni  ijobiy hal etyapti.

Tahlillarga ko‘ra, energetika vazirligiga bevosita kelib tushgan murojaatlar 458 tani tashkil etadi. Ularning 334 tasi (73 foizi) qanoatlantirilib, 18 tasiga (4 foiz) qonunchilikka muvofiq tegishli tushuntrishlar berilgan hamda 83 tasi (18 foiz) ijobiy hal etilishi uchun ko‘rib chiqilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali 2025 yilning I choragida yoqilg‘i-energetika sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga taalluqli masalalar bo‘yicha jami 20,4 mingta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 49 foiz kamni tashkil qiladi.

Eng ko‘p murojaatlar Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan. 

Murojaatlarning 76,6 foizi qanoatlantirilib, 11,1 foizga qonunchilikka muvofiq tushuntrish berilgan va qolgan 1 foizi ko‘rmasdan qoldirilgan yoki tugatilgan hamda 11,3 foizi ijobiy hal etilishi ko‘zda tutilgan. Shunga qo‘shib, yoqilg‘i-energetika soha tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda qonun buzilishga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan jami 17 ta holat bo‘yicha javobgarlik choralari ko‘rilgan. Xususan, 14 ta hayfsan, 2 ta jarima va 1 nafar mas’ul bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Murojaatlar bilan ishlash, ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha OAVda chiqishlar qilib, jamoatchilik vakillari bilan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida vazirlikning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali doimiy ravishda ma’lumotlar yoritib borilgan.

Shuningdek, iste’molchilardan ishonch telefoni orqali, elektr ta’minoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki telegramdagi (@HET_admin) administrator, shuningdek, tabiiy va suyiltirilgan gaz ta’minoti yuzasidan 1104, 104 telefonlari yoki ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlar orqali murojaatlar qabul qilinmoqda.

08.04.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar