2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi muammolari o‘z yechimini topmoqda

Hududlarda aholi muammolarini hal etish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga ko‘maklashish maqsadida Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, mas’ul tashkilot va idora rahbarlaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkentda davom ettirdi.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi guruh tomonidan Toshkent shahar mas’ullari bilan aholi muammolarini o‘rganish, sayyor qabullar tashkil qilish, ularda aniqlangan muammolarga yechim topish borasida qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Respublika ishchi guruhi va tuman hokimlari ishtirokida og‘ir toifadagi mahallalarda 30 dan ziyod sayyor qabullar o‘tkazildi. Ularda 300 dan ziyod jamoaviy masalalar ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning 200 ga yaqini ijobiy hal etildi, muayyan vaqt va mablag‘ talab etadigan 100 dan ortiq masalaning ijrosi nazoratga olindi.

Misol uchun, 10 ta og‘ir mahalladagi elektr ta’minotini yaxshilash loyihalarining manzilli ro‘yxati shakllantirildi va tasdiqlash uchun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga kiritilishi ta’minlandi.

Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Bektemir va Sergeli tumanlaridagi mahallalarda 12,6 milliard so‘m mablag‘ hisobiga 19 ta transformator o‘rnatiladi va 47 kilometr elektr tarmoqlari tortiladi. Ishlarni boshlash uchun respublika byudjetidan Toshkent shahar mahalliy byudjetga 3,8 milliard so‘m mablag‘ o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Shuningdek, Yashnobod tumanidagi Hilol mahallasida, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ijodkor mahallasida, Sergeli tumanidagi Ziyolilar mahallasida ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.

Poytaxt bo‘ylab 800 kilometrdan ziyod lotok, ariq va zovurlar chiqindilardan tozalanib, 20 kilometrga yaqin qismi betonlashtirildi. Yuzdan ziyod qabriston va ziyoratgohlar obod qilindi.

Misol uchun, Yashnabod tumani “Ma’rifat” MFY hududidagi ko‘p qavatli uyning atrofidagi lotoklar tozalandi. Chilonzor tumani obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Bunyodkor, Lutfiy, So‘galli ota va boshqa ko‘chalardagi irrigatsiya lotoklari toshqin holatini oldini olish uchun tozalanmoqda.

Bundan tashqari, belgilangan reja-jadvallar asosida muborak Ramazon oyida poytaxt bozorlarini asosiy turdagi iste’mol oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, joylarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan xabar olish, ularga yordam ko‘rsatish, iftorlik dasturxonlarini yozish kabi qator ishlar amalga oshirildi.

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir 10 ta mahallada  arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etildi.

Poytaxtning 12 ta tumanidagi mahalla va ko‘chalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari tizimli va manzilli tashkil etilib, bugungi kunga qadar  aksiya va hasharlarda 72 mingdan ortiq aholi vakillari ishtirok etdi. Jami 3 mingga yaqin ijtimoiy soha ob’ekti atrofi obodonlashtirildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

27.03.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar