Prezidentimiz 17 mart kuni ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti, mahallalar obodligi va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda mahallalarda olib borilayotgan dehqonchilik va obodonlashtirish ishlariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda tomorqachilikni rivojlantirish, jumladan, sabzavotchilik hamda asalarichilikni samarali yo‘lga qo‘yish, mo‘l va sifatli mahsulot yetishtirish orqali aholi farovonligini ta’minlashga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi To‘lqinjon Mansurov mehnatlarini e’tirof etdi.
Shu munosabat bilan Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev mazkur hududda bo‘lib, T.Mansurovning o‘n sotix tomorqasida har qarich yerdan unumli foydalanish borasidagi tajribasini ko‘zdan kechirdi. Tadbirda hududning drayveriga aylanayotgan issiqxona yo‘nalishida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi va tomorqachilar bilan yaqindan muloqot qilindi.
– 1995 yildan tumandagi 5-umumta’lim maktabida fizika fanidan yoshlarga saboq berib kelaman, – deydi, “Do‘stlik” ordeni sohibi To‘lqinjon Mansurov. – Ishdan tashqari, tomorqada dehqonchilik qilaman. Ilgari sabzi va dukkakli ekinlar ekardim. Prezidentimizning tashabbusi bilan boshlangan “Sayxunobod tajribasi” ommalashtirilgandan keyin hududimizda ham tizimli sa’y-harakatlar boshlandi va bundan unumli foydalanishga harakat qilmoqdaman. O‘tgan yil birinchi hosildan 35 million, ikkinchi hosildan 20 million va uchinchi hosildan 26 million so‘mgacha daromad oldim. Shu bilan birga 17 quti asalari boqish orqali yiliga 180 kilogrammgacha toza asal olishga erishdim.
To‘lqinjon Mansurovning savdo do‘koni ham bo‘lib, unda ish o‘rni yaratgan. Bularning barchasi davlatimiz tomonidan aholiga yaratilgan imkoniyatlar samarasidir. To‘lqinjon Mansurov “Agrobank” tuman filiali tavsiyasi bilan “Usta dehqon” tamoyili asosida agronom sifatida shartnoma tuzdi. Shu bo‘yicha u hududdagi 25 ta xonadonga asalari boqish, 80 ta xonadon tomorqasiga sabzi yetishtirish borasida o‘z tavsiyalarini bermoqda.
Muloqotda viloyat hokimi Z.Mirzayev hudud faollariga bu kabi ishlarni boshqa joylarda ham ommalashtirish borasida aytib o‘tdi. Viloyatning fidoyi aholisining ijtimoiy faolligini oshirish, ularning yaxshi natijalarini ko‘rsatish zarurligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng o‘zining tashabbuskorligi, omilkorligi, boy tajribasi va mehnatsevarlik fazilatlari bilan namuna ko‘rsatib kelayotgan To‘lqinjon Mansurovga Prezidentimiz farmoniga asosan “Do‘stlik” ordeni topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |