2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hamjihatlik bor mahallada islohotlar izchil bo‘ladi

Ayollar bilan gavjum “Hunarmandchilik markazi”, sumalak atrofidagi samimiy gurunglar, bolalar o‘yingohidagi shodon qiyqiriqlar...

Rohat mahallasidagi har bir ayol “Hunarmandchilik markazi”ga oshiqadi. Markazda tikuvchilik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar ishiga katta qiziqish bilan qaraladi. Zero tikuvchilik har bir o‘zbek ayolining fitratida mujassam.

Inson o‘z qobiliyati bilan yaratilgan. Alloh har birimizga yaxshi jihatlarni in’om etgan, qobiliyatimizni aniqlab, imkoniyatlardan oqilona foydalanish o‘z qo‘limizda.

“Hunarmandchilik markazi”da faoliyat yurita boshlagan, boshida uyida tikuvchilik bilan shug‘ullanib, so‘ngra katta bir markaz ochgan Ozoda Sulaymonova bugungi kunda daromad topish bilan birga milliyligimizni, qadriyatlarimizga xizmat qiladigan liboslarimizni ommaga keng namoyish etishga erishmoqda. U dunyo ko‘rgazmalarida mahsulotlari bilan ishtirok etishni maqsad qilgan.

Davlatimiz rahbarining Bektemir tumanidagi shu mahallaga tashrifi Ozoda opani yanada ruhlantirdi. Markaz yetakchisi mahalladagi har bir qizga tikuvchilikni o‘rgatmoqchi. Yosh tadbirkor mahalladagi to‘rt nafar ayolni ishli qilgan. U har bir ayol qiziqishlari ustida ishlab, mehnat qilsa, diyorimizda barcha imkoniyat borligini mamnuniyat bilan ta’kidlaydi. Ayol ishidan charchashi emas, balki zavq olishi kerak, deydi. 

– Sohaga kirib kelishim oddiy tikuvchilikdan boshlangan, – deydi u. – Bugun o‘z ish joyimga egaman, sohaga qiziqqan ayollar bandligini ta’minlashga harakat qilyapman. Imtiyozli kreditlardan foydalanib, tikuv mashinalari sotib oldik. Avval uyda tikuvchilik qildik, so‘ngra bizning faoliyatimizga befarq bo‘lmagan mahalla fuqarolar yig‘ini, xotin-qizlar bo‘limi “Hunarmandchilik markazi” ochishimizga ko‘maklashdi. Bularning barchasi davlatimiz rahbarining xotin-qizlarga munosib sharoitlar yaratishga bo‘lgan siyosatlari natijasi deb bilaman.

Bugun qo‘l mehnatiga talab yuqori. Bu yerda tikuvchi xotin-qizlar milliy liboslar, ayollar sumkalari va boshqa ko‘plab mahsulotlar tayyorlaydi.

***

Rohat mahallasi shahar ichidagi shahar qiyofasiga kirgan. Tadbirkorlik sub’ektlari, oziq-ovqat shoxobchalari ko‘p. Ta’lim va tibbiyot muassasalari, sport maydonchalari, o‘quv markazi, amfiteatr, axborot-kutubxona markazlari faoliyati ham alohida diqqatni tortadi. Nuroniylar maskanining fayzi bo‘lakcha.

Davlatimiz rahbari Navro‘z bayrami oldidan ushbu maskanda tashkil etilgan sumalak saylida qatnashib, nuroniylar bilan dildan suhbatlashgan edi. Mahalladagi obodlik, odamlardagi bayram kayfiyati kishini mamnun qiladi.

Samimiy muloqotdan ruhlanib ketgan otaxon davlatimiz rahbariga dil izhorlarini yetkazdi:

– Poytaxtimizdagi Abay mahallasi faoliman, – deydi Xushboq ota Rahimov. – Biz, nuroniylar mamlakatimizdagi mana shunday o‘zgarishlar haqida ko‘p gapirishimiz kerak. Og‘ir zamonlarni ko‘rgan inson sifatida yoshlarga tarbiya berishimiz kerak. Prezident bilan muloqotda men ham bor edim. Davlatimiz rahbari biz bilan juda samimiy gaplashdi. Fikrlarimizni tingladi. Shu o‘rinda bir holat haqida gapirmoqchiman. Keyingi yillarda qo‘shnilarimiz bilan aloqalarimiz juda yaxshilandi. Yopiq darvozalar bugun ochiq. Yaqinda Tojikistonda bo‘ldim. Ikki xalqning bir-biriga mehri boshqacha. Ikki xalq aloqalar yanada mustahkamlanganidan xursand. Bundan ilhomlanib, “Tojik do‘stim, o‘zbegingman” degan kitob yozdim. 

***

Rohat mahallasi raisi Sanoat Mamatovaning ta’kidlashicha hudud “Obod mahalla” dasturiga kiritilib, 30 ta ko‘p qavatli uy ta’mirdan chiqqan. Yangi binolar qad rostlagan. Mahallani ishsizlik va jinoyatdan holi hududga aylantirishga chin dildan kirishilgan. Bu yo‘lda barcha hamjihat.

22.03.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar