NukusdaO‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlarining keng jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo To‘raxo‘jayev, qo‘mita raisining maslahatchisi Otabek Usmonov davlatimiz rahbarining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2022 yil 14 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonidan kelib chiqadigan vazifalar, joylarda jamoatchilik vakillari bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotdan ko‘zlangan maqsadlar haqida so‘z yuritildi.
Dastlab 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Davranbek Davletovning ma’ruzasi tinglandi.
Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga o‘tgan yil mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan 900 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Murojaatlar va o‘rganish ishlari natijasida 1,7 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘i iste’molchilar va tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.
Hisobot davrida jami 150 dan ortiq holatda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilganligi bo‘yicha ishlar qo‘zg‘atilgan hamda davlat boshqaruv organlari va mahalliy hokimlik organlariga 14 ta holatda taqdimnoma kiritildi. Shuningdek, davlat va korporativ buyurtmachilar tomonidan o‘tkazilgan 750 taga yaqin tanlov (tender) savdolarida tahlil ishlari olib borildi va 721 ta savdo jarayonida 1 ming 300 ga yaqin raqobatga zid harakat aniqlangan. Ushbu aniqlangan 1 ming 200 tadan ortiq qonun buzilish holatidan 517 ta holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga ma’lumotnoma taqdim etilgan bo‘lsa, 228 ta holat yuzasidan hududiy organlar tomonidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli mas’ullarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi. 1 ta holatda buyurtmachilar tomonidan qonun buzish holati ixtiyoriy bartaraf etilishi ta’minlangan.
Mahalliy hokimliklar tomonidan “Ye-qaror” va regulation.gov.uz portaliga qo‘yilgan 250 taga yaqin normativ-huquqiy hujjat loyihalarining (ex-ante) raqobatga ta’siri baholashdan o‘tkazildi va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga zid 6 ta holat aniqlanib, qonun talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan xulosalar berilgan. Shuningdek, 17 ta shahar va tuman hokimligi hamda 4 ta davlat boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan 27 mingdan ziyod hujjat (qaror, farmoyish, buyruq, bayonnoma va xatlar) xatlovdan (ex-post) o‘tkazildi. O‘rganish yakunida 116 ta hujjatda raqobatga zid holat aniqlanib, 14 ta davlat boshqaruv organi va mahalliy hokimlikka taqdimnoma kiritildi.
Tabiiy monopoliyalar tomonidan asossiz haq undirish va tadbirkorlar hamda iste’molchilarni kamsitilishi yuzasidan 6 ta, o‘z mavqeyini suiiste’mol qilish yuzasidan 2 ta va insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yish yuzasidan 1 ta holat aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlandi. Qo‘mita tomonidan barcha turdagi tashqi reklama ob’ektlarida jami 1 ming 400 dan ortiq reklama qonunchiligi yuzasidan monitoring ishlari amalga oshirilib 300 dan ortiq holatda kamchiliklar aniqlandi va joyida bartaraf etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni takomillashtirish yuzasidan jamoatchilik vakillarining murojaatlari tinglandi va ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |